Gar qo'lingdan kelsa qilgin yaxshi amal
Toki farishtalar giryon bulsin yonda
Gar qo'lingdan kelsa yasha baxtiyor-la
Toki yer-u osmonlar lol qolsin bundan
Gar qo'lingdan kelsa kuldir hammani teng
Hammani shod ayla dili zavqqa to'lsin
Gar qo'lingdan kelsa kuyla qilma xasad
Toki yashar ekansan ayt dil qo'shig'in
Gar qo'lingdan kelsa sevgin, bu sevgidan
Lol qolsinlar Farxod-Shirin, Majnun-Layli
Gar qo'lingdan kelsa asra sofdillikni
Senga xasad qilsinlar o'zgalar mayli
Gar qo'lingdan kelsa yasha, ostonangdan
Shayton, jinlar nari bo'lsin, yasha shunday
Bandadursan, mehmondursan bu dunyoda
Gar qo'lingdan kelsa yasha, yasha odamday
Foniy dunyo foniydir u hammamizga
Hech kim abad emas aslo omonatta
Q