• Inson jigari tanadagi boshqa a'zolarga nisbatan o'n marta ko'proq kislorod talab etadi.
• Bir daqiqada jigardan 1,5 litr qon oqib o'tadi, bir sutkada esa 2000 litr.
• Inson tanasida oqsil bo'lmagan joy yo'q. Qon va muskullarda umumiy vaznning beshdan bir qismi oqsildan iborat bo'ladi. Miyada esa o'n ikkidan bir qism. Hattoki, tish emalida ham yuzdan bir qism oqsil mavjud. Turli a'zolarda oqsil quruq modda sifatida bo'ladi.
• Tanadagi oqsillarning yarmi har 180 kun ichida yangilanib turadi. Jigarda oqsillar esa 17-20 kun ichida yangilanadi.
• Inson miyasining 80 foizini suv tashkil etadi. Muskullarning 76, suyaklarning 25 foizi - suv.
• Bitta odamning ichki sekretsiya bezlari umumiy vazni 100 grammni tashkil etadi.
• Gipofiz bezlari miya bilan 100 mingdan ortiq asab tolalari orqali o'tadi.
• Inson sochi sovun ko'pigi devoridan 5000 marta, kapillyar tomirlardan 5 marta, o'rgimchak to'ridan esa 20 marta yo'g'on.
• Uxlayotgan odam tanasining uzunligi bedor holatdagiligiga nisbatan yarim santimetr uzun bo'ladi.
• Inson tanasidagi yog'lardan rosa 7 bo'lak sovun tayyorlasa bo'ladi.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев