Предыдущая публикация
Siz uxlaysiz…
Qaydadir bir dil,
Tuni bo’yi Sizni o’ylaydi.
Xayolida balki U ko’ngil
Sirlarini Sizga so’ylaydi…
Siz uxlaysiz,
Tinch ham osuda,
Tushingizda xatto jilmayib.
Havasimni keltirar juda…
Uyg’otmoqlik– go’yo bir
ayb…
Siz uxlaysiz,
Ma’sum, beg’ubor,
Osmonlarni, Kezib ro’yoda
Ayni
damda, Qaydadir bedor,
Kimdir o’ylar Sizni
dunyoda…
Siz uxlaysiz…
Sezayapsizmi? Oy ham
so’nib,
Quyosh qaytmoqda…
O’sha kimdir,
Sizni topgan-chun,
Yaratganga shukr
aytmoqda…
Siz uxlaysiz…
kimdir uyqusiz…
Sizga alla aytar jiiimgina.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев