Shifo izlab dardimga qancha yurtlarni kezgan.
Necha necha azobu uqubatga duch kelgan.
Umrim so'rab o'zingdan tunin bedor o'tkizgan.
Otamni asra ollox onamni asra ollox.
Ota onam shodligi sabr qo'shar sabrimga.
Shirin shirin so'zlari darmon bo'lar dardimga.
Sog' bo'lsinlar ikkisi ham doim mening baxtimga.
Otamni asra ollnx onamni asra ollox.
Aslo yoshlatmagin mudom kulgan ko'zini.
Yo rab xalqning ichida yorug' qilgin yuzini.
Tilagim bajo ayla aytay senga zorimni.
Otamni asra ollox onamni asra ollox.
Bu dunyoning ozoridan ular menga qalqonku.
Meni sog'lom ko'rmoqlik ular uchun armonku.
So'raganni bermoqlik senga juda osonku.
Otamni asra ollox onamni asra ollox.
Kerakmas bermagin sen menga boylik.
Ular bilan uyimiz bo'lar fayizli.
Ularning sog'ligi men uchun boylik.
Otamni asra ollox onamni asra ollox.
Qanoti yo'q qushga o'xshayman.
Bir o'tkinchi tushga o'xshayman.
Ularsiz men qanday yashayman.
Otamni asra ollox onamni asra ollox.
Muallif KAMOLA CHORIYEVA.
#kamola
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2