"
4-FASL SIRLARI ...
"The Hollywood Reporter" kechasini 27-sentyabr kuni tashkil qilgan ADAM XOROVITS va EDVARD KITSIS , hamda filmning aktyorlari LANA PARRILLA , JENNIFER MORRISON , JENNIFER GUDVIN , JARED GILMOR , KOLIN ODONOXYU , EMILI de REVIN , ROBERT KARLAYL , JOSHUA DALLAS va "MUZ YURAK"ning ijrochilari o'z qahramonlari haqida anchagina sirlarni yanada sirli holda ochib berishga harakat qilishdi...
E.KITSIS : "VAQTLAR ARO..." serialining 3-faslning dastlabki 11 qismi ekranlarga chiqqanidan keyin Butun dunyo kinoteatrlarida "MUZ YURAK" nomli animatsion film juda ham ommalashib ketdi , biz ham uni tomosha qildik , shaxsan menda bu film juda katta taassurot qoldirdi. Ilhomlarim jo'shib , to'lqinlanib ketdim !
"Muz yurak" muxlislari animatsion filmning davomini "DISNEY"dan kutayotganlarini internetning hamma sahifalarida ko'rdik.
"Disney" filmni davom ettirmas ekan , bu ishni biz qila olishimiz haqida o'yladik va darhol yangi senariylar yozishga kirishdik. Avvaliga bizda g'oyalar mukammal emas edi , shu bois 3-faslnin oxirini shunchaki Elzaning tashrifi bilan tugatishga qaror qildik ...
A.XOROVITS : Yangi faslda Elza , Anna , Kristoff va Gans Storibrukda paydo bo'lishadi. Qandaydir sababga ko'ra Rumpelshtilsxinning asirasiga aylangan Elza haqidagi yangi jumboqlarga yangi faslda javob topasizlar.
Elza va Annaning sarguzashtlari Rumpel-Bell , Kapitan Kryuk-Emma Svon , Regina-Robin Gud , Jeyms-Oppog'oylardan ajralmagan va birikkan jumboqlar orqali davom etadi.
"Muz yurak" bizning filmimizda multfilmda tugagan voqealardan boshlanadi , albatta multfilmdagi bazi kadrlarni yangi aktyorlar ishtirokida ham ko'rasizlar.
Yana bir narsani takidlab o'tishim kerak , hatto "MUZ YURAK" multfilmini ko'rmagan inson ham filmdagi voqealarni tushuna oladi...
*# Emma va Kryuk birga bo'lishadimi ?
J.MORRISON : Emma - Qutqaruvchi , Kryuk - 200 yillik Qaroqchi , ular birga bo'lishi mumkin emas. Bu Morrisonning fikri , Emma sifatida esa ularning birga bo'lishini istardim. 3-fasl so'nggida ular bunga poydevor yaratdi , lekin bilasizlar Storibrukda baxtli kunlar uzoqqa cho'zilmaydi.
K.ODONOXYU : Yangi faslda Kryukka bir inson qo'lidan keladigan barcha Yaxshi va Yomon ishlarni qiladiki buning oqibatida u Emmaga bo'lgan tuyg'ularining qanday ekanligini ham faxmlay olmaydi.
Kryuk Emmaga yuragidan joy ajrata oladimi ?
Kryukning ashaddiy raqibi va "Quvnoq Rojjer"ni olgan inson kim ? - mana shu narsalar Kryukning sirlari...
Jennifer va Kolin : Kapitan va Svon ko'p sarguzashtlarni ko'rishdi , ko'p qiyinchiliklarni engib o'tishdi , shunday ekan bizning birga bo'lish imkonimiz bor ).
*# ROBIN GUD kimni tanlaydi : REGINA yoki MERIAN ?
L.PARRILLA : REGINAning baxtini Emma bilmagan holda bo'lsa ham barbod qildi.
Robin Gud endi kimni tanlaydi ? Regina bilan yangi hayot boshlaydimi yoki o'lgan rafiqasi , aniqrog'i qaytgan rafiqasiga bergan vadasiga sodiq qoladimi ?
Robin o'z qaroroni qabul qildi.
Regina so'nggi ikki yil ichida yaxshi tomonga o'zgardi , endi qanday davom etadi ?
Regina hayotining ko'p qismini yovuz bo'lib o'tkazdi , bu voqealar unga qanday ta'sir ko'rsatadi ? Regina o'zligi uchun kurashadi...
*# EMMA REGINAni baxtsiz qildi , u bu aybini qanday yuvadi ?
J.MORRISON : Emma shunchaki bir insonning hayotini asrab qoldi , bu bilan Reginani baxtsiz qilgisi , uni quvonchidan ayirgisi yo'q edi.
Emma Reginani do'sti deb biladi va bu do'stligini ko'rsatish uchun harakat qiladi.
Emma Reginaga faqat yaxshi narsalarni xohlaydi , lekin Merianni ham tashlab qo'ymaydi , uni himoya qiladi...
L.PARRILLA : Regina agar Emma uchun yomonlikni xohlaydigan bo'lsa bu Emma uchun hammasi tugadi degani , lekin Regina o'zgargan , shunday qolishga harakat qiladi. Emma do'stligini isbotlashga va Reginani baxtli qilishga bor kuchi bilan harakat qiladi.
*# DEVID va MERI MARGARETning hayoti qanday davom etadi ?
J.GUDVIN : Biz yaqinda farzandli bo'lganmiz , bilaman juda ham yaxshi , bu qiyin. Shunchaki qiyin deb atab ham bo'lmaydi...
J.DALLAS : Devid va Meri Margaretning hayoti yangi sarguzashtlarga boy. Ular shaxzoda Nil bilan ovora bo'lishsada film qahramonlari hayotidagi voqealar uzoqlashishmaydi...
*# GENRI haqida nimalarni bilishimiz mumkin ?
J.GILMOR : Genri , umuman olganda men manashu 4 yil ichida juda sezilarli o'zgardim , bu hammaga ma'lum. Genri 14 yoshga to'ladi. Uning hayotiga muhabbat kirib keladi. Shuni aytib o'tmoqchiman sevgilimning ismi - LILI.
Genri ish topadi. Ishlaydi u. Regina bilan ham...
*# CHARMINGning eski hayoti haqida nimalar hikoya qilinadi ?
J.DALLAS : Biz yangi faslda Shaxzoda Jeymsning manashu qahramon bo'lgan davrigacha bo'lgan bir do'stlikka guvoh bo'lamiz. U Oppog'oy bilan tanishguniga qadar kim bilan do'st bo'lgan ?
*# MISTER GOLD va GENRIning munosobatlari qanday davom etadi ?
R.KARLAYL : Genri ulg'aydi , u ko'p narsalarning asl mohiyatini va avval aqli etmagan narsalarni tushunib ola boshladi.
Genri - Rumpilning o'limiga sababchi bo'ladigan inson bo'lsa ham ular o'rtasida adovat yoki boshqa g'arazli ishlar bo'lmaydi...
*# RUMPIL va BELL turmush qurgandan keyin qanday hayot kechiradi ?
E.REYVIN : Bellning hayoti butun boshli yolg'ondan boshlanadi...
R.KARLAYL : Bell Rumpil haqidagi sirlarning hech birini bilmaydi. Ularning hayoti avvaliga yaxshi edi , keyin esa haqiqiy baxtsizlik boshlanadi , ayniqsa 4-faslning 9-10-qismlari ikki sevishganlar uchun eng og'ir damlar bo'ladi...
*# UILL SKARLET ( VALET )ning STORIBRUKka tashrifi qanday bo'ladi ?
"Alisa mo'jizalar mamlakatida" filmi asosida " VAQTLAR ARO MO'JIZALAR MAMLAKATIDA ..." filmi suratga olingan , bu filmda Alisa voyaga etgan , uning sevgilisi esa bu - VALET ( qartadagi "Valet" ). Aynan shu Filmdagi Aktyor MAYKL SOCHI "VAQTLAR ARO..."ning 4-faslida mehmonimiz bo'ladi.
M.SOCHI : Mening qahramonim Valet Storibrukka kelib qoladi , unda Robin Gud bilan hal qiladigan ishlari bor. Ikkovlari ham Storibrukda ekan demak ular albatta uchrashadi.
Yana shunday voqealar bo'lganki 1-fasl qahramonlari va Valet bu voqealarni eslashga majburlar...
*# BELLning onasi haqida nima deya olasiz ?
E.REYVIN : Bell hayotini yolg'onlardan boshladi. Uning ham o'z o'tmishi bor. Hamda sirlari .... Onasi bilan uchrashuvni esa bir jumla bilan ta'riflashning iloji yo'q...
*# "DISNEY"ning Oltin Kolleksiyasidan yana kimlarni ko'rishimiz mumkin ?
E.KITSIS : QOR malikasi yangi faslning "Muz yurak"dan keyingi eng shov-shuvli qahramonidir...
A.XOROVITS : Biz hali keyingi 11 qism haqida bosh qotirmadik shu bois yana qanday qahramonlar bilan uchrashuvlar kutmotda buni aniq ayta olmayman...
28-$entyabr kuni Premyera bo'lib o'tdi.
29-sentyabr Rossiyada 4-fasl 1-qism taqdim etiladi.
Kutib qolamiz !
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10