Ayol orgazmi erkak orgazmidan tubdan farq qiladi. Agar erkak uchun orgazm bo‘lishi jinsiy aloqaning tugashini ko‘rsatsa, ayollar bir aloqa davomida bir necha marta orgazm his qilish imkoniyatiga ega.
Ayol jinsiy aloqadan qachon qoniqadi?
Ayollar orgazmining fiziologik va psixologik tomonlari bor.
Fiziologik orgazmda ayol jismonan lazzatlanadi. Lekin aloqadan qoniqishi uchun bu yetarli emas. Ayollarga jinsiy aloqada psixologik lazzatlanish ham bo‘lishi kerak. Bunda ayol erkak bilan birga ekanligidan, uni sevib sevilganidan va aloqa davomidagi mehrdan qoniqadi.
Agar jinsiy aloqa natijasida ayolga faqat jismoniy lazzatlanish berib, psixologik tomondan qoniqtirmasa, u holda jinsiy aloqa qoniqtirmagan bo‘lishi mumkin. Yoki aloqa davomida ayolga jismoniy orgazm keltirilmay uni faqat psixologik tomondan qondirsa, u holda ayol jinsiy aloqadan qoniqqan bo‘lishi ham mumkin. Ya’ni ba’zida ayolga ham jismoniy, ham psixologik qoniqish kerak bo‘lsa, ba’zida faqatgina jismoniy yoki faqatgina psixologik qoniqish kifoya bo‘ladi.
Shuning uchun aloqa davomida ayol uchun erkalash va erkalanish juda muhim. Chunki jismoniy orgazmga erishish uchun ko‘plab usullar mavjud, lekin psixologik lazzatlanishni faqat erkakning aloqa davomidagi ayoliga bo‘lgan munosabati bera oladi.
Erkaklarda unday emas. Ularda aloqa natijasi orgazm bo‘lsa, ham jismoniy ham psixologik qoniqish vujudga keladi.
Psixologik lazzatlanish uchun ayolga nima kerak?
Agar jinsiy aloqa suyukli erkak bilan, ayolning o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshirilsa, aloqa davomida erkak ayoli uchun nima yoqish yoqmasligini bilgan holda harakatlansa, ayol psixologik lazzatlana oladi. Lekin psixologik lazzatlanishning o‘zi ham yetarli bo‘lmaganda ayolga albatta jismoniy lazzatlanish, ya’ni orgazm his qildirish kerak.
Ayol uchun jinsiy aloqa davomida nima muhim?
Ayol uchun jinsiy aloqa bu jismoniy ehtiyojni qondirish emas. Erkaklar jinsiy aloqaga bo‘lgan ehtiyoji kuchli bo‘lib, ular uni qondirish istagida bo‘ladilar. Ayolda esa unday emas. U aloqaga organizmda talab borligi uchun emas, balki o‘z xohishi bilan kirishadi. Shuning uchun u aloqani erkak bilan bir munosabatdek qabul qiladi. Bu munosabat davomida erkak faqat o‘z ehtirosini qondirishni ko‘zlab ayoli haqida o‘ylamasa, ayolni bunday aloqa ranjitadi. Jinsiy aloqa davomida ayol o‘zini naqadar suyukli va erkak uchun kerakli ekanligini his eta olishi lozim.
Agar ayol jinsiy aloqaga sovuqqon bo‘lsa?
Ayol sovuqqon bo‘lishiga bir nechta faktor sabab bo‘ladi, bulardan asosiysi bu:
ayolning birinchi jinsiy aloqasi bilan bog‘liq yomon xotiralari
aloqa davomida ayol umuman lazzatlanmasligi
Demak, ayolning sovuqqonligi erkakning qo‘lida. Agar erkak ayolni qo‘zg‘ata olmayotgan bo‘lsa, ayol sovuqqon bo‘laveradi. Erkak kerakli so‘z va harakatlar bilan ayolini qo‘zg‘ata olishni bilishi kerak. Ayolni ham ehtirosi bor, uni uyg‘ota bilish kerak xolos. Bugun jinsiy aloqaga sovuqqon bo‘lgan ayol, ertaga tanimaydigan darajada ehtirosli bo‘lib o‘zgarishi yonidagi erkakning qo‘lida.
Ayol uchun jinsiy aloqa davomida necha bor lazzatlanish kerak?
Sonining ahamiyati yo‘q. Asosiysi ayolni qo‘zg‘atgandan so‘ng, tinchita bilish ham kerak. Erkaklar qanchalik kuchli qo‘zg‘aganidan qat’iy nazar orgazmdan keyin butunlay so‘nadilar. Lekin ayolda unday emas. Ba’zida orgazm his qilgan taqdirda ham u yana aloqaga yoki erkalanishga muhtoj bo‘lishi mumkin.
Ayol jismoniy qoniqishni his qilishi kimga bog‘liq?
Ayolni o‘zidan ko‘ra ko‘proq erkakka bog‘liq desak adashmaymiz. Lekin ayolni o‘zi o‘z hissiyotlarini bilmasa, o‘z ehtiyojlarini bildira olmasa erkak, unga jismoniy lazzatlanish keltirishda qiynalishi mumkin. Shuning uchun statistikaga qaraganda, ko‘p oilalarda jinsiy aloqa davomida ayollarning 60%gina orgazm his eta oladi. Ulardan 40% esa, bir necha yil turmushdan so‘ng orgazm nima ekanligini biladilar.
Ayol orgazm haqida alday oladimi?
Ha, ko‘pincha ayollar erkakni ranjitmaslik uchun orgazm his qilganini aldab aytishi mumkin. Lekin buning natijasida, birinchidan, erkak maqsadga e
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12