chiqqanman.
Tört yil sakkiz oy qilgan
jinoyatim uchun jazo ötadim. Qamoq
hayoti
özgacha. Lekin shunday fayzsiz
dargohda
ham otashin qalblarni kördim. Biz
ösha yigit
bilan qalin döst bölib qolgandik. U
uzoq
muddatga qamalgandi. Bilishimcha
mashinada bir "kattakon"ni turtib
yuborgan.
U uylanganiga bir yil ham tölmay
turib
qamalgandi. Ikkimiz deyarli bir
vaqtda
qamoqxonaga kelganmiz. U
qamalganida
xotini og'iroyoq edi. Ota bölganini
eshitganida u bilan bitta kamerada
edik. Öta
samimiy, oqköngil yigit edi u. Uni
xotinining
suratiga qarab hayol surib ötirganini
köp
marta körardim. Ha, u rafiqasini
judayam
sevardi... 16-iyun. Uning uchun
alohida
muhim sana edi bu. Xotinining
tug'ilgan
kuni... Xotini 4 yil davomida har safar
shu
kunda uni körishga kelardi. Boshqa
kunlar u
rafiqasiga qamoqxonaga kelishga
ruhsat
bermasdi. Ehtimol siqilishini
istamagandir.
Uning özi ham shu sananing kelishini
bir yil
kutib yashardi. Tört devor orasida
kutish
qanday azob ekanligini faqat
boshdan
ötkazganlar biladi. Lekin u sira
dardini
bildirmasdi. 16-iyunni kutayotganini
bilardim xalos. Sönggi yil xotini
kelganida u
juda xafa holatda kirib keldi. Ikki kun
umuman tuz totmadi. Keyin
bilishimcha
xotini qandli diabetning og'ir turiga
chalinibdi. Doktorlar shol bölib
qolishi
mumkin deyishibdi. Nega ularning
boshiga
bunaqa og'ir kunlar yozilganini
öshanda
ham tushunmasdim, hozir ham bu
haqda
öylab öyimga yetolmayman. Qani edi
ularni
baxtli körish nasib etganida... Köz
öngimda u
tobora sölib borardi. Keyingi oylar
ichida
xotinidan kelgan har bir xat uni bir
yilga
qaritardi göyo. Uning közlarida
umidsizlik
uchqunlagan edi ösha kezlarda.
Ketishim
ma'lum bölgach u bilan quchoqlashib
xayrlashdim. Ukamdek bölib qolgan
yigitga
bardam bölishni, hammasi yaxshi
bölishini
tushuntirdim. Chiqib uning oilasidan
xabar
oldim. Uning salomini oilasiga
yetkazdim.
Ularga Allohdan bardosh tiladim.
Keyin öz
shahrimga ketdim. Oradan 3-4 oy
ötdi.
Tonggi gazetalarning birini
öqirkanman
qamoqxona haqidagi bir maqolaga
közim
tushdi. Unda qamoqxonadan
kasalxonada
og'ir yotgan xotinini körish uchun
qochmoqchi bölgan bir maxbusning
otib
tashlanganligi haqida yozilgandi.
Yuragim
jizillab, gazeta sanasiga qaradim: 16-
iyun....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 81