Buyuk ipak yo'li O'rta Osiyo xalqlarining taqdirida g'oyat kata, goho hal qiluvchi rol o'ynaydi. Bu yo'llar tizimi bo'lib, qadim zamonda va ilk o'rta asrda – XVI asrdagi buyuk geografik kashfiyotlar arafasida Xitoy, Hindiston, O'rta va Yaqin Sharqning asosiy madaniy markazdarini tutashtirgan edi. Bu yo'llar tizimi Xitoy diplomti va sayyohi Chjan Kyan O'rta Osiyoda o'n yil bo'lganida uning geografiyasi hamda iqtisodiyo imkoniyatlarini o'rganib, eramizdan avvalgi 135 yilda Osmon o'g'liga (Xot sulolasining Xitoy imperatoriga) Dovon, Xorazm, Baqtriya, Parfiya boyliklari hamda Guy-Shust (Amudaryo) imkoniyatlari to'g'risida xayratomuz xabarlar keltirgan. Ipak yo'lidagi savdoda (samarqandliklar) so'g'dlar Ayniqsa katta rol o'ynardi. So'g'd savdogarlari O'rta Osiyo, Shimoliy Gurjiston va Shimoliy Xitoyning asosiy karvon markazlarida anchagina kaloniyalar va manzilgohlar barpo etgan edilar. Yo'lning eng muhim joyi bo'lgan Dunjuanda so'g'd jamoasi kamida ming kishini tashkil etardi. Ipak yo'li iqtisodiy turmush va faollikni yo'naltirib turgan savdo yo'lgina emasdi. Bu yo'l bo'ylab qoyalar, iishlab-chiqarish masalalari, madaniy boyliklar ayriboshlanardi. Kishilik jamiyatining taraqqiyot vositasi bo'lgan muloqot va ayriboshlashga tabiiy ehtiyoj shu yo'lda ifodalanardi. O'rta Osiyo bundan eng katta foyda ko'rdi. Savdoning Buyuk ipak yo'li bilan bog'liq ehtiyojlari Kaspiy dengizidan Xitoy devorigacha, Irtishdan Bengaliya chakalakzorlarigacha cho'zilib ketgan ulkan bo'shliqlarda yashagan xalqlarning birlashuvida katta rol o'ynagan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 8