Ibtidoiy odamlar misni juda yaxshi xususiyati – cho'ziluvchanligini kashf qilgan bo'lsalarda, bu metall qadimgi qabilalarni ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga katta o'zgarishlar kirita olmagan. Ammo, bronzani kashf etilishi (90% mis va 10% qalay) ibtidoiy hayotda olg'a qarab tashlangan qadam bo'ldi. Chunki bronza o'z hususyatlari jihatidan misdan ancha ustun turadi. Ko'pgina tadqiqotchilar fikrlariga qaraganda bronzani vatani Kichik Osiyo va Mesopatamiya, Kichik Osiyo va Eroni janubiy-g'arbida mil. avv. III-II ming yillikning boshlarida quldorlik jamiyatida keng ravnaq topadi. Bronza davriga madaniyat izlari O'zbekistonda dastlab Xorazm, keyinchalik esa Zarafshon va Qashqadaryo hamda Farg'ona vodiylaridan topilgan. Bu hududlardagi manzilgoxlarni o'rganib shunday hulosa chiqarish mumkinki, bu davrda ikki hil madaniyat xukm surgan, dehqonchilik va chorvachilik. Bronza davri bilan shug'ilangan tadqiqotchilar bu davrni uchta katta yilnoma davrga: ilk, rivojlangan va so'nggi bronza davrlarga bo'ladilar. O'zbekiston xududida bronza davrida asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'illangan qabilalarni moddiy va madaniy yodgorliklari Xorazmda Tozabog'yob madaniyati nomi bilan mashhur tozabog'yob madaniyatiga mansub Ko'ncha makoni atrofidan qadimgi mozorlar ochilgan. Qabrdagi o'liklar bukchaytirib, boshlari g'arbga qaratib qo'yilgan.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1