Kunlarni birida yolg'iz bo'ri ovga chiqibdi. Bo'ri baxaybat to'ng'izga robaro kelib yaralanibdi va qor ustida qonga belanib yotganida qayerdandir shoqol paydo bo'lib, debdi:
- Hoy bo'ri men senga yordam bermoqchiman, shu atrofda uyim bor seni u yerga olib boraman va qorningni to'yg'azaman, evaziga sen men bilan do'st tutinasan.
- Sen ayyor shoqolsan nima qilsang ham o'z foydangni ko'zlab qilasan, senga men bilan do'st bo'lishdan nima foyda? So'rabdi bo'ri. Shunda shoqol: men avval o'z to'damda"to'daboshi"edim, qarib kuchdan qolganimdan keyin meni to'dadan haydashdi agar bo'ri bilan do'st bo'lganimni boshqa shoqollar ko'rsa mendan qo'rqishadi va to'daga yana qaytaman, debdi shoqol. Shunda bo'ri: - Haqiqiy bo'ri hech qachon shoqol bilan do'st bo'lmaydi, debdi. Bu so'zlarni eshitgan shoqol nari ketibdi. Biroq ertasi kun shoqol yana kelibdi, qarasaki bo'ri hali ham o'sha joyida yotgan ekan. Shunda shoqol yana debdi: - Hoy bo'ri men senga uyimdan joy beraman qorningni to'yg'azaman evaziga men bilan do'st bo'lasanmi?
- Bo'ri hech qachon shoqol bilan do'st bo'lmaydi. Javob beribdi bo'ri. Shoqol uchinchi kun ham kelib debdi: - Hoy bo'ri men senga uyimdan joy beraman qo'rningni to'yg'azib hayotingni saqlab qolaman, evaziga sen men bilan do'st tutinasanmi? Hirillab zorg'a nafas olayotgan bo'ri shoqolga qarab: - Senga do'st bo'lsam atrofdagilar bo'ri shoqol bilan do'st bo'libdi deyishadi. Shoqolga do'st bo'lib bo'ri zotini isnotga qo'yganimdan ko'ra o'lganim avzal. Bilib ol haqiqiy bo'ri hech qachon shoqol bilan do'st bo'lmaydi. Bo'ri shunday debdi-yu zum o'tmay o'libdi. Shundan keyin shoqol yana ayyorlik qilib o'lib yotgan bo'rini bo'g'izlagancha to'dasi oldiga sudrab borib mana shu bo'rini men o'ldirdim debdi va shu yo'l bilan yana to'dasiga qaytibdi.
Azizlarim bu hayot kurashdan iborat. Unda ba'zan shoqol kabi ayyor bo'ling, ammo doimo bo'ri kabi mag'rur yashang!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев