Jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlar odatda kuchli holsizlanish, ozib ketish, es-hushning o‘zgarishi (e’tiborni jamlash xususiyatining kamayishi, kunduz kunlari ko‘p uxlab, tunda uyquning buzilishi), ishtahaning kamayishi, qorinning shishi hisobiga to‘yib qolish hissi, sariqlik (teri va ko‘z pardasining sarg‘ayishi, peshobning to‘q sariq rangda bo‘lishi), terining qichishishi, qorin sohasida og‘riq kuzatilishi mumkin. Taloqning kattalashishi, oyoqlarda shish paydo bo‘lishi, nafas yo‘llarining yallig‘lanishi kabi bakterial infeksiyalarning tez-tez takrorlanib turishi, ko‘ngil aynishi, qusish, o‘t kislotalarining ta’siri natijasida terining qichishishi kabi o‘ziga xos alomatlar jigar va boshqa a’zolardagi patologik jarayonning rivojlanishda davom etayotganligini bildiradi.
Jigar sirrozi asoratlari
Kasallikning asoratlariga keladigan bo‘lsak, sirrozda jigar komasi(bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadigan behushlik) va qizilo‘ngachning kengaygan vena tomirlaridan qon ketishi o‘lim holatlarining asosiy sabablaridan hisoblanadi. Ayrim hollarda jigar sirrozi bu a’zo saratoniga o‘tish ehtimoli yuqori.
Sirroz so‘zi grek tilida «kirros» – «malla, qizg‘ish, sariq» degan ma’nolarni anglatadi. Bu iborani fanga R.Laennek kiritgan. Bunda jigar tuzilishida o‘ziga xos o‘zgarishlar kuzatiladi ya’ni, jigar qattiq, g‘adir-budur, sariq rangdagi ko‘rinishda bo‘ladi. Sirroz – tarqoq jarayon bo‘lib, jigar hujayralari – gepatotsitlarning nobud bo‘lishi natijasida paydo bo‘ladi. Nekrozga uchragan jigar hujayralari dastlab to‘liq tiklanishi mumkin. Lekin sirrozning keyingi bosqichlarida buning aksi kuzatiladi.
© Allabergan BAYJANOV, Virusolog.
«Sog‘lom avlod» gazetasi.
Tashxislash
Jigarning umumiy holati. Sirrozning ilk davrlarida diagnoz qo‘yish ancha mushkul. Chunki jigarda ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar ko‘rinmaydi. Birinchi navbatda jigarni UTT tekshiruvi o‘tkaziladi, bu usul orqali jigarning kattaligi, qirralari va yuzasi, to‘qima tuzilishi kabi xususiyatlari o‘rganiladi. Bu usulda steatoz va surunkali gepatit kabi sirrozga sabab bo‘ladigan kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash mumkin. Qorin bo‘shlig‘I tomirlar tizimini doplerografiya qilinadi, ular kengayganligini aniqlash maqsadida. Bu bilan portal venaning holati baholanadi.
Sirroz sababini aniqlash. Birinchi navbatda virusli gepatit B va C ni aniqlash uchun tekshiruv o‘tkaziladi, chunki ular sirroz chaqiruvchi eng asosiy omillardir. Agar virus inkor qilinsa nasliy kasalliklar, autoimmun ko‘rsatkich, jigarning alkogol kasalligi, noalkogol kasalligi va jigarning toksik zaharlanishi tekshiriladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Gripp asoratlari xavfli
Jigar hujayralarining struktur va funksional holatini qon bioximik analizida aniqlanadi. (ALT,ACT, bilirubin, ishqoriy fosfotaza, oqsil fraksiyalari), shu bilan birga qonning umumiy analizi va koagullogrammada qon ivish xossasi tekshiriladi.
Tashxisni aniq va ravshanlashtirish uchun zamonaviy usullardan foydalaniladi (bu usullar noinvaziv): elstometriya (elastografiya) – jigar fibrozlanish bosqichini aniqlab beradi. Usul Fibroskan, Fibrotes, FibroMaks yordamida apparatida aniqlanadi. Jigarning zararlanishi darajalarda baholanadi: 0 dan 4 gacha; (0 – sog‘lom jigar; 4 – sirroz).
Нет комментариев