Telefon orqali aytilgan so‘zlar hamsuhbatingiz telefonidagi dinamiklar orqali eshitiladi, u yerdan chiqib, ovoz o‘sha telefondagi mikrofonga o‘tadi va sizga qaytib boradi. Simli telefonlarda aks-sado, odatda, bir necha millisoniya ichida qaytib ketadi va muloqotga xalal bermaydi. Uyali va internet telefoniyada esa signallar qayta ishlanishi uchun uzoqroq vaqt talab etiladi va aks-sado o‘z ovozingizdan ancha orqada qolib, suhbatga xalaqit qiladi.
Bunga qarshi aks-sadoni o‘chiruvchi algoritmlar orqali kurashishadi: ular aytilgan tovushlarni eslab qoladi, ularni javob signalidan qidiradi va, agar topishsa, undan sizning ovozingizni olib tashlaydi. Biroq bunday algoritmlar barcha telefonlarda h