Muxtor Mirzaqulov sizlar uchun bir-biridan qiziqarli hikoyalarni taqdim etishni davom etadi
Turmush qurish yoshidagi qiz, oilali bo‘lishdan bosh tortardi. Undan hamkasblari buning sababini so‘rashdi.
- Siz yosh, go‘zal qiz bo‘lsangiz, maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlasangiz, nima uchun turmushga chiqmaysiz?
Qiz dedi:
- Bir necha yillar oldin, bir ayol bo‘lgan ekan. U o‘g‘il tug‘ishni istarkan-u Alloh unga doim qiz berarkan. Oltinchisiga homilador bo‘lganida eri:
-Agar yana qiz tug‘sang, uni boqmayman, berib yuboraman, - derkan.
Ayol juda qo‘rqarkan. Umid qilib duo qilarkan. Lekin, Alloh oltinchisiga ham qiz bilan siylabdi. Eri g‘azab otiga minib, chaqaloqni masjidning oldida qoldirib chetdan kuzatibdi. Hech kim olmabdi. Uni ko‘tarib uyga qaytibdi. Ayol juda xursand bo‘libdi. Lekin er taslim bo‘lmabdi. Har kuni bomdod namozidan oldin chaqaloqni masjid oldida qoldiraverar, uni esa hech olmas edi. Ota bu ishdan charchamasdi. Oradan muddat o‘tib ayol yana homilador bo‘libdi. Va nihoyat o‘g‘il ko‘ribdi. Ammo ularning to‘ng‘ich qizlari hech qanday sababsiz vafot etibdi. U har gal homilador bo‘lib o‘g‘il tug‘ar, qizlari esa birin ketin vafot etishardi. Faqatgina o‘sha ota voz kechmoqchi bo‘lgan qiz qolibdi. O‘sha qiz - menman! Turmushga chiqmasligimning sababi, otam keksayib qoldilar. Ularga qaraydigan odam yo‘q. Ukalarim hali kichik. Ular oyda bir marotaba otamni qo‘rgani keladilar. Qushlardek yana uchib ketadilar. Otam esa, har kuni menga qilgan ishlaridan afsuslanib yig‘laydilar.
Yaqinlaringizga xam ulashing! https://t.me/muxtar_trend https://t.me/muxtar_trend https://t.me/muxtar_trend ,
Fikrlashingizni 180° ga o'zgartirib yuboradigan telegram kanalimizga obuna bo‘ling: https://t.me/xazinalar_oroli Hamma sabr hukmingda — vayron,
Balki shayton,
Balki nabisan...
Sendan boshqa neki bor — arzon,
Tomog‘imda yig‘i kabisan...
✍️ Usmon Azim https://t.me/muxtar_trend Fikrlashingizni 180° ga o'zgartirib yuboradigan telegram kanalimizga obuna bo‘ling: https://t.me/xazinalar_oroli


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев