1. Dunyodagi ilk kitoblar ikki ming yil oldin paydo bo‘lgan. Ular daraxt va sham eritmasidan tayyorlangan. Ammo Priss qo‘lyozmasi deb nomlangan qadimiy kitob besh yarim ming yil oldin papirus yordamida yozilgan ekan.
2. Dunyo bo‘yicha jami 130 millionta kitob mavjud. Bu kitoblarning donasi emas, asarlar miqdori asosida hisob-kitob qilingan.
3. Eng sirli kitob sifatida Voynich qo‘lyozmasi e‘tirof etiladi. Bu kitobda qaysidir o‘simlik haqida so‘z boradi. Biroq kitob insoniyat tarixida mavjud bo‘lmagan tilda yozilgani bois olimlar hali hanuz uni o‘qiy olishmayapti.
4. Dunyodagi eng qimmat kitob "Lester majmuasi" deb nomlanib, Leonardo da Vinchi qalamiga mansub. Kitob kimochdi savdosida Bill Geytsga 24 million dollarga sotilgan. Ajablanarlisi, ushbu kitobni ko‘zgu yordamisiz o‘qib bo‘lmaydi.
5. 《Ming bir kecha》 ertagini deyarli barchamiz o‘qib chiqqanmiz. Ammo bir narsani bilmaymiz. Kitobning dastlab chop etilgan variantida Oloviddin arab emas, xitoylik sifatida tasvirlangan.
6. Xorvard kutubxonasida to‘rt dona kitob saqlanadi. Aytishlaricha, bu kitoblar odam terisidan tayyorlangan ekan.
7. Vellingtonda dunyodagi eng og‘ir vaznli kitob saqlanadi. Bu kitobning sof vazni 50 kilogrammga teng.
@Zakovat_intellekt
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев