Udmurtlar (eski nomi — votyaklar) — Rossiya Federatsiyasidagi xalq (636,9 ming kishi, 1992), Udmurtiyaning tub aholisi (460,5 ming kishi). Shuningdek, Tatariston (24,2 ming kishi), Boqirdistonda (22,6 ming kishi) va boshqa viloyatlarda yashaydi. Umumiy soni 747 ming kishi (1990-y.lar o’rtalari). Udmurt tilida so’zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar. Mahalliy dinlarga e’tiqod qiluvchilari ham bor, tatar va boshqirdlarga yaqin yashaydiganlari Islomni qabul qilgan.
- Shamolsiz zarangning yaprog’i ham shitirlamaydi.
- Suzag’on sigir shoxsiz buzoq tug’adi.
- Bo’rini qo’yga aylantirib bo’lmaydi.
- Oqargan ko’ylakni yangi qilolmaysan.
- Ikki ayiq bir uyaga sig’maydi.
- Turna turnani doim topadi.
- So’rov uchun yuzga urmaydilar.
- Qayerga yiqilishimni bilganimda somon to’shab qo’yardim.
- Ba’zida qarg’a ham kakkuni tarbiyalaydi.
- Tolni kesib tashlasang ham baribir tagidan chiqaveradi.
- Yelimli daraxtga yopishsang, kir bo’lasan.
- Ponani pona bilan qoqadilar.
- Mushuk qaymoqni qo’riqlolmaydi.
- O’rin yumshoq bo’lsa qattiq uxlaysan.
- Qo’ldagi yiring butun badanni og’ritadi.
- Yomon urug’dan yomon meva olasan.
- Mehnat bilan qo’ling uzilib qolmaydi.
- Chetan ekib olma kutma.
- O’lgan mol ― sutli.
- Bug’doy ekib ― kurmak oldi.
- Bo’ri qochgandan so’ng, o’q otmaydilar.
- G’ichirlagan daraxt uzoq turadi.
- Qaymoq tagiga cho’kadi.
- Bulut bor ― yomg’ir bor.
- Birovning yiringi og’rimaydi.
- Otning to’rtta oyog’i bor, shunda ham qoqiladi.
- Bir kallada ― bir aql, ikki kallada ― ikki aql, qo’shni va qabilaning aqli ― hammaga aql.
- Yog’ochning ikki uchi bor.
- Popning yengi uzun, cho’ntagi chuqur.
- Popning ildida xoch, orqasida qop.
- Yo’qolgan pichoqning sopi oltindan.
- Eshitganni ko’rgan bilan solishtirib bo’lmaydi.
- Yaxshi xotin ― yarim davlat.
- Bitta oyna bilan butun ko’chani ko’rib bo’lmaydi.
- Asli qora oq qilib bo’lmaydi.
- Birovning aqli bilan uzoq yasholomaysan.
- Qalpoqning qaysi tomonini kiysang ham qalpoqligicha qoladi.
- Unga moy ham achchiq, ochligida suv ham shirin edi.
- Til ignadan o’tkir.
- Tilning uzangisi yo’q.
- Qirg’iy qirg’iyning ko’zini cho’qimaydi.
- Tongsiz shom ham tushmaydi.
- Farosatsizga go’zal xotin uchraydi, go’zal erkakka ― farosatsiz.
- Qo’y bo’lsang bo’rilar topib oladi.
- Asal bo’lsa pashsha topiladi.
- Yurakning o’ti bor, lekin tutuni yo’q.
- Begonaning chanasida o’tirma.
- Sigirning dumi kimning qo’lida bo’lsa, sigir ham unga tegishli.
- Bahor yana qaytadi, aytilgan so’zni qaytarib bo’lmaydi.
- Hamma narsa o’z joyida yaxshi.
- Hamma ish o’z vaqtida bajarilgani yaxshi.
- O’zing boqqan it o’zingni tishlaydi.
- Boshdan yuqoriga sakrolmaysan.
- Ko’zni quloq bilan taqqoslab bo’lmaydi.
- Mehmon ham, mezbon ham ― barobar.
- Hadya qilingan otning tishiga qaramaydilar.
- Kun ― uzoq, asr ― qisqa.
- Sichqonga mushuk ham qo’rqinchli hayvon.
- Saxiy doim karamli.
- Bir shox uzilsa, boshqa novda o’sib chiqadi.
- Xotin chiroyli, qizi undan chiroyli.
- It va mushukday birga yashaydilar.
- So’ragan og’izga urmaydilar.
- Yomon odam o’zini ham yomon ko’radi.
- Ilon oq bo’lsa ham, qora bo’lsa ham baribir ilon.
- Bilimning oxiri yo’q.
- O’rmondagi daraxtlar ham yolg’iz emas.
- Osmondagi yulduzlar ham yolg’iz emas.
- Oz bo’lsayam yetadi, ko’p bo’lsa tez tugaydi.
- Barmoq ham qisqa bo’ladi, odamlar ham bir xil emas.
- Barmoqlar ham bir xil emas.
- Daryo ham o’zanini o’zgartiradi.
- Buzoqcha ham qachondir sigir bo’ladi.
- Igna kichik bo’lsa ham hammani kiyintiradi.
- Shoshilgan suvarak sho’rvaga tushib qoladi.
- Qari qarg’a bekorga qag’illamaydi.
- Eski yangi bilan almashadi, yosh ― qari bilan.
- Qari tulkini tutish qiyin.
MANBA: ZIYOUZ.COM kanalimizga obuna bulish uchun pastga bosin
👇👇👇
➰➰➰➰➰➰➰➰➰➰➰
Ⓜ️anzil: @Zakovat_intellekt
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев