Ko'rsaydim, ko'zimni to'ldirmay tuproq,
Ayriliqdan bemor yuragim og'rir,
Tushimda kelgaysiz farishta oppoq.
Bu ishq kasal qildi, telba qildi ishq,
Dilqasrim vayrona, kulba qildi ishq,
Ismingizni aytib uxlay olmayman,
Ko'ring, mani nima qilsa qildi ishq.
Tunlari yolg'izlik dardlari sanchar,
Bedorman savollar ko'ksimni yanchar,
Nega bunday bo'ldi degan savollar,
Yurakka betinim urmoqda xanjar.
To'yib ketdim sizsiz bu dunyolardan,
O'ylayverib har kun charchab ketdimku.
Mening boshqalardan ayting nimam kam,
Men ham boshqalarday inson edimku...
Aybim sevganimmi, ko'ngil berganim,
Beg'ubor qalbimni topshirdim sizga.
Meni qon qaqshatib nima topdingiz,
Qalbingiz aylanib qolganmi muzga.
Siz umr yo'ldoshim bo'lasiz devdim,
Baxtli qilmoqchiydim hammadan ko'proq,
Ayting xotiramdan qanday o'chiray,
O'chmas miyamdagi qonli iztirob.
Menga yordam bering, qutqaring do'stlar,
O'zimni nimadir qilib qo'ymayin.
Visol manzilini izlab tobora,
O'limga yaqinroq bormog'im tayin.
Bu ishq kasal qildi, telba qildi ishq,
Ko'ring, mani nima qilsa qildi ishq,
Aqldan ozdirib oshiq Ahadni,
Savdoyi devona xasta qildi ishq.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев