Baht istadik armonga yetdik, Baht qo'lini tutmadik sira. Sevishdigu ayrildik ketdik. Qoldi faqat shirin hotira. Qo'l ushlashib yurar ediga, Shirin hayol surar ediga. Bekatlarda turar ediga, Qoldi faqat shirin hotira. Hislarimni senga sochardim, Har kuni bir ko'ngil ochardim. Sochlaringni tortib qochardim, Qoldi faqat shirin hotira. Ko'zlarimda qoldi ko'zlaring. Oyday to'lin anor yuzlaring. Qulogimdan ketmas so'zlaring, Qoldi faqat shirin hotira. Entikaman hamon eslasam, Hamon ko'zlarimga kelar nam. Eh birinchi Muhabbatginam, Sendan qoldi shirin hotira...