Ma’lumki yangi mavsum Andijon futbol klubi Superligada ishtirok etadi. Shuningdek Birinchi ligani muvaffaqiyatli yakunlagan Andijon-SGS jamoasi Pro liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Аndijon viloyati futbol assotsiatsiyasining tashabbusi bilan bugun “Viloyat bolalar va oʼsmirlar futbol akademiyasi”da yigʼilish oʼtkazildi.
Unda Аndijon viloyati futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Karimov Bekzodbek, “Аndijon-SGS” taʼsischisi “Shirin gaz servis” korxonasi rahbari Rahimov Zafarxoʼja, “Аndijon” futbol klubi bosh direktori Mirzayev Ulugʼbek, “Viloyat bolalar va oʼsmirlar futbol akademiyasi” direktori Madrahimov Nasibullo, “Viloyat bolalar va oʼsmirlar futbol maktabi” direktori Mirzayev Farruh hamda Аndijon viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislar va murabbiylar ishtirok etdi.
Mazkur yigʼilishdan koʼzlangan maqsad, viloyatdagi har ikki professional futbol klublarning doʼstlik rishtalarini yanada yaxshilash, sogʼlom raqobatni yuzaga keltirish, viloyatdagi iqtidorli bolalarni yuzaga chiqarib, terma jamoalarga munosib nomzodlarni yetkazib berish yoʼlida aniq bir maqsad bilan bir yoqadan bosh chiqarish edi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев