Biz mas’ul bo‘lmagan muvaffaqiyatsizlikdan boshlaylik. Bu yerda salbiy natija sistemaning o‘zining qismi hisoblanadi. Bunday muvaffaqqiyatsizlik o‘zimizga bo‘lgan ishonchni so‘ndirmasligi lozimligini tushuntirish uchun bir voqyeani hikoya qilib beray.
Chuqur yer ostida pakana insonlar — gnomlar yashashar ekan. U yerda ular issiqqina va shinamgina uylarda yashashar ekan. Kunlardan bir kun Yer yuzida hayot juda go‘zal ekanligi haqida mish-mish tarqabdi. Gnomlar buni tekshirib ko‘rishga ahd qilishibdi va bitta vakilni yuqoriga jo‘natishibdi.
Boyagi gnom yer sirtiga yetib, boshini yerdan chiqarishi bilan hayotidagi eng dahshatli manzaraga duch kelibdi: Yer yuzida qish hukmronlik qilar, gnomning quloq-burunlari muzlab qolibdi. U Yer yuzini mutlaqo o‘zgacha tasavvur qilgan ekan. Gnom tezda birodarlari yoniga qaytibdi va yuqoridagi chidab bo‘lmas sharoitlar haqida gapirib beribdi.
Biroq tashqaridagi hayotning go‘zalligi haqida mish-mishlar bolalagandan-bolalabdi. Shunda gnomlar yana bir vakilni jo‘natishga qaror qilishibdi — Yer yuzida jazirama yoz hukmron qilayotgan paytda! Bu gnom mutlaqo boshqa manzaraga guvoh bo‘libdi: Quyosh charaqlab turar, qushlar sayrar, hamma joyda kapalaklar qanot qoqib yurardi. Gnom yam-yashil maysa ustiga uzala tushib, Quyoshda toblanibdi. Qaytgach, o‘zining ko‘rgan-bilganlarini oqizmay-tomizay aytib beribdi.
Gnomlar enda umuman chalkashib ketishibdi. Ular nimaga ishonishni bilmay qolishibdi. Xo‘sh, Yer yuzida nima bor: qahraton sovuq va qor-muzmi yoki issiq oftob va ko‘m-ko‘k maysa? Ular yana ikkita “razvedkachi” jo‘natishibdi. Birini kuzda va birini yarim yildan so‘ng — bahorda. Olingan axborotlar yana mutlaqo bir-biriga zid edi. Umuman chalkashib qolgan gnomlar tavakkal qilmaslikka ahd qilishibdi va Yer ostida qolib ketishibdi.
Gnomlar haqidagi bu ertakda yil fasllari haqida so‘z boradi. Lekin har qanday faoliyat turida hamma narsa silliq ketadigan “yoz” vaqti ham, ish bir joyda depsinib qolgan “qishki” fasl ham bo‘ladi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев