Фильтр
Avval do`stlik, keyin sevgi, keyin hijron, Avval ishonch, keyin quvonch, keyin yolg`on... Xoling ne deb so`rolmayman, so`rolmayman, Ko`zlaringga qarolmayman, qarolmayman. Avval aql, keyin yurak, keyin vijdon, Avval savol, keyin va`da, keyin armon... Sababini aytolmayman, aytolmayman, Ko`zlaringga qarolmayman, qarolmayman. Seni ko`rsam yoningdan ham o`tolmayman, Kecha kutgan Ahad kabi kutolmayman, Qo`llaringdan mahkam quchib yurolmayman, Ko`zlaringga qarolmayman, qarolmayman. Axir hayot kitob emas, kino emas, Turmush bilan ko`ngil boshqa ma`no emas, Men bu dardni yuragimga yutolmayman, Ko`zlaringga qarolmayman, qarolmayman.
Seni kechirmayman ketganing uchun, O`zganing qo`lidan tutganing uchun, O`zingni arzonga sotganing uchun, Sevgi dunyosiga qo`ygandim qadam, Hayotimni buzding uchrab qaydanam. Sendan yashirmayman mendan ham o`tdi, Mening gunohlarim dard bo`lib qaytdi, Muhabbatim endi ko`z ochgan payti, Sevgi dunyosiga qo`ygandim qadam, Meni qaytarmadi birorta odam. Nimamga ishonib sevdim men nodon, -Men ham kuyib ketdim Qichqirar qozon, Yaxshi niyat bilan uyg`onib azon, Sevgi dunyosiga qo`ygandim qadam, Omadimni sinab ko`ray deb men ham. Yig`lama...! Shaytonning urg`ochisisan, Hammani do`zaxga chorlovchisisan, Yolg`onchilarning eng yolg`onchisisan, Sevgi dunyosiga qo`ygandim qadam, Bilmay bir shaytonni tanlab
Men bugun g`aflatdin kechmok istadim, Dunyo sirlarini ochmok istadim. Gar dono uchrasa o`gitin olib, Nodonlar bazmidan qochmok istadim. Kim menga g`animdek nigoh tashlasa, Bir do`stdek mehrimni sochmoq. istadim.. Baxtu quvonchlarim meni tark etgach, Yana g`ussalarni quchmoq istadim. Sukunat qo`ynidan bir panoh izlab, Xayol osmonida uchmok istadim. Muhabbat dardidan kuygan oshiqmen, Fakat ishq mayini ichmok istadim.
Azobdagi rohatim, Bedorlikda toqatim, Sendadir ko`ngil xatim, Bechora muhabbatim. Hech yo`qolmas izimsan, Bahorimda kuzimsan, Qismatimda to`zimsan, Bechora muhabbatim. Senga ne bor oylarda, Toza dil yo`q joylarda, Panoh izlab yurarsan, Mensiz yolg`iz kaylarda. Visoldagi furqatim, SHijoatsiz jur`atim, Hech o`zgarmas suratim, Bechora muhabbatim. Yurak deya adosan, Sen kechagi xatosan, Yaratgandan atosan, Bechora muhabbatim. Har bosgan yering cho`g`dir, Nigohing paykon o`qdir, Ozor berib to`ymasan, Ahadga rahming yo`qdir. Azobdagi rohatim, Bedorlikda toqatim, Sendadir ko`ngil xatim, Bechora muhabbatim.
Sizni yo`qotganim yolg`on bo`lmadi, O`zimni topishim oson bo`lmadi. YOlg`izlik xayr endi, omon bo`l xijron, O`tgan damlarimiz yomon bo`lmadi. Xammasini ko`rdim, ne bersa qismat, Rux falakka yetdi tushganda kulfat. Boshimdan o`tgani bu qaro zulmat, Qayta xayot berdi, fig`on bo`lmadi. Azobingiz menga pinxon baxt berdi, Ijodimga ilxom, yangi dard berdi. Niyatim birgina vaslingiz edi, Dilda shundan boshqa armon bo`lmadi. O`ylamang, bu kunlar emasdir mangu, O`tginchi sinovdir xar qanday qayg`u. Sizning labingizda uyg`ondi kulgu, Lek mening yuragim vayron bo`lmadi. Yo`q, xali xammasi tugagani yo`q, Kunglingiz Ahaddan bo`lsin mudom to`q. Dilda muxabbatdan yongan o`sha cho`g`, Xech kimga yashirin pi
Men bormasam, sen kelmasang, Men yonmasam, sen yonmasang, Bir kun kuyib kul bo`larman, Sevganimga ishonmasang. O`rtamizda g`urur bordir, Ikkimizga dunyo tordir. Har kun eshik qoqadi baxt, Umidvordir, umidvordir. Ko`zlarimiz mahzun-mahzun, Hislarimiz bizdan, mavhum. So`zlarimiz qisqa-qisqa, Shartlarimiz uzun-uzun. Birovlarga o`xsholmasak, Odamlardek yasholmasak, Oxiri qanday tugaydi, O`zimizga ishomasak. Bu darddan qutulay deyman, Bir umrga uxlay deyman. Bir zumga seni o`ylasam, Yig`lay deyman, yig`lay deyman. Men bormasam, sen kelmasang.
Yuragim qon bo`lgan kun, Ichimda g`am to`lgan kun, Ko`z yoshim to`kilgan kun, Holim so`rab kelmading, Boshqami yo sevganing? Yursam, yo`lim adashar, Kulsam dilim adashar, So`zlab tilim adashar, Baxtim eding bilmading, Boshqami yo sevganing? Qalbimni ko`p g`ashlama, Sirli nigox tashlama, G`irrom o`yin boshlama, Rostmi ko`ngil uzganing, Boshqami yo sevganing? Oylar o`tar, yil o`tar, Javobing Ahad kutar, Seni qanday unutar, Ko`ngil uyin buzganing, Boshqami yo sevganing
Oqshomlari bedorman, Seni bir ko`rmoq uchun. Ming sinovga tayyorman, Yoningda yurmoq uchun. Oyog`ingga yiqilay, Dil hatingda o`qilay, Ayt jonim, nima qilay, Tushingga kirmoq uchun. Meni sevmaysan nega, Qalbim sensiz beega, Yuragingni ber menga, Bir umr sevmoq uchun. Hudoyimga yig`ladim, Butun qilgin deb bahtim, Ahir seni sevmadim, O`zgaga bermoq uchun. Visolingga humorman, Seni bir ko`rmoq uchun. Ayriliqdan bezorman, Seni bir ko`rmoq uchun. Ming o`lib, ming tirilib, Yashay deyman sevilib, Ko`zlaringga termulib, Qachondir o`lmoq uchun. Ahaddan olismisan, Osmonsiz yulduzmisan, Shunchalar ojizmisan, Bir bora kelmoq uchun.
Показать ещё