Yaqinda bir guruh professional kishilar
guruhi 4 yoshdan 8 yoshgacha bölgan bolalar
örtasida "Sevgining ma'nosi nima?" mavzusida
sörov ötkazishdi. Ba'zi javoblarni öqigan
kishining yuziga tabassum yugursa, ba'zi javoblar chuqurroq öylashga undaydi. Hatto
kattalar tasavvur qilmaydigan javoblar ham
uchradi. Ularning ayrimlarini siz ham öqing va
öylang:
1. “Buvimning qöllarida artrit paydo bölganidan
söng u bög'imlarini qimirlata olmasdan, oyoq tirnoqlariga lak surtolmay qoldi. Bu ishni buvim
uchun har doim buvam qilardi, toki uning ham
qöllarida artrit paydo bölgunicha. Mana shu -
sevgi" ,- Rebecca, 8 yosh.
2. Kimdir seni sevsa, u ismingni hammadan
boshqacharoq aytadi. Sen ismingni uning tilida xuddi qöriqlanayotgandek his qilasan.” Billy – 4
yosh.
3. “Sevgi shunaqa, avval biron qiz öziga atir, yigit
esa adikalon sepadi, keyin ular aylangani borib,
bir-birini hidlashadi” -Karl, 5 yosh.
4. “Sevgi bu xafsalang pir bölganida ham seni jilmayishga majbur qiladigan - nimadir”, - Terri, 4
yosh.
5. “Sevgi bu oyimning dadam uchun qahva
tayyorlaganida har gal uni dadamga berishdan
oldin haddan tashqari qaynoq emasligiga ishonch
hosil qilish uchun xöplab körishi.”, - Danny, 7 yosh.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев