Mol-davlatimiz ortdi, ammo huzur-halovatimiz yo'qoldi. Qulayliklar ortdi, ammo vaqtimiz kamaydi. Dorilar ko'paydi, kasalliklar ozaymadi. Kech yotib, saharda charchoq bilan uyg'onamiz. Kam kitob o'qiymiz, ko'p televizor ko'ramiz. Ko'p gapiramiz-u, kam e'tibor beramiz. Pul topishni o'rgandik, sarfini eplolmadik. Oyga uchib-qaytishni bilamiz, lekin qo'shnimiz bilan ko'rishishga ikki qadam bosmaymiz. Fazoda nima bo'layotganini bilamiz-u, ichki kechinmalarimizdan xabarimiz yo'q. Havoni tozalaymiz, le
Jurnalning hamma soni bor-u, faqat bittasi yo'q bo'lsa, sizga kerakli maqola aynan o'sha sonda bo'ladi; Kutubxonada siz muhtoj bo'lgandan boshqa hamma kitob topiladi; Agar u topilgidek bo'lsa, hamma kitobni qarab chiqqaningizdan so'ng yo'liqadi; Topgandan so'ng ochib qarasangiz, u yo nobop nusxa, masalan, kerakli material joylashgan toboq ikki marta tikilgan, yoki sizga kerakli varaqlar yulib olingan bo'ladi. Tinch uchayotgan samolyot styuardessa qahva olib kelishi bilan silkina boshlaydi.
Show more
About group
Ҳар даврда сўз айтувчилар топилади, аммо олдин ўтганларнинг сўзлари фойдалироқдир.