Qaytadan yaraldi navolar.
Shabnamga to'yganda havolar,
Muhabbat ortiga qaytmadi,
Qaerda qolganin aytmadi. Kelganda g'uncha deb uzmadim,
Yurakning zulfini buzmadim.
Muhabbat ekanin sezmadim,
Adashdim Ketdi-yu, qaytmadi.
Sevgilim ekanin aytmadi. Zor bo'lib kutganim yetmasdan,
O'zgaga parvo ham etmasdan.
Ortidan ergashib ketmasdan,
Qolgandim U esa qaytmadi.
Yur birga ketdik deb aytmadi. Ajib so'qmoqlarda qoqindi yurak,
Muhabbat bog'ida yolg'onchi tilak.
Bo'lganda men emas, u menga kerak,
Muhabbat ortiga qaytmadi.
Qaytsa ham, manzilin aytmadi. Azimga aylandi nozik bo'y nihol,
Bir umr xijronda to'lg'onib behol.
Bo'lganda dilpora yetishmay visol,
Muhabbat ortiga qaytmadi.
Ortiga qaytmasin aytmadi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4