Предыдущая публикация
Kuz yaproqni uzsa yig'lamang,
Qalbni uzsa yig'lang bahorlar.
Tun qõynida yolg'iz yig'lamang,
Hadik bôlsa yig'lang saharlar.
Ketdik deya yig'lamang aslo,
Kelsa qaytib ket deya yig'lang.
Kõp gapirsa sira yig'lamang,
Qadrim bormi ayt deya yig'lang.
Jondan tõyib ol deb yig'lamang,
Fursat bergin Rahmon deb yig'lang.
Honumon deb yig'lashdan oldin,
Qalbga bergin imon deb yig'lang...
Alijon Safarov.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев