Internetga bog'lanib qolmang...
Bugun eng serdaromad sohalardan biri sifatida internet e’tirof etilmoqda, desak yanglishmaymiz. Xususan, chegarasiz maydon va poyonsiz sarhadga ega virtual olamning eng jozibador ko‘rinishlaridan biri bo‘lmish ijtimoiy tarmoqlar hali 30yoshning nari-berisida bo‘lgan Mark Tsukerberg, Albert Popkov, Pavel Durov, Djek Dorsi kabi kishilarni allaqachon dunyo milliarderlari ro‘yxatiga tirkab qo‘ydi.
Boz ustiga ularni bugun G‘arb matbuoti «yangi dunyo yaratuvchilari» sifatida olqishlamoqda. Ammo facebook, twitter, odnoklasniki, vkontakte kabi ijtimoiy tarmoqlarning vujudga kelishi va supertezlikda juda katta auditoriyani qamrab olayotganini milliy mentalitetlarning