Bir cholni uchratdim: qo'li qon edi, Nima bo'ldi -, deya so'radim hayron. Do'stimni dushmanga sotgandim -, dedi, Ikki qo'lim qondir o'shandan buyon. Bir cholni uchratdim: tili yo'q edi, Nima bo'ldi dedim yoniga kelib. G'udirlab nimadir dedi xo'rlangan, Bobolar qabriga ishora qilib. Bir cholni uchratdim: ko'zi ko'r edi, Nima bo'ldi -, deya so'radim hayron. Hiyonat qilgandim iymonga dedi, O'zimni izlayman o'shandan buyon.
So'rama bu she'rning muallifini, Uni azob yozgan, uni dard yozgan. Kirib, sevaman deb aytishga qo'rqib, Eshiging tagida turgan mard yozgan. So'rama bu she'rning muallifini, Yomg'irday ivigan, bulutday to'zgan. "Nimaga kirmadim, nega aytmadim", Uni afsus yozgan, pushaymon yozgan. So'rama bu she'rning muallifini, Gapingni aytaman o'zini ko'rsam. Bechora siqilib yuruvdi o'zi, Senga yoqqanidan bo'ladi hursand. So'rama bu she'rning muallifini, Bechora shoirda nima o'ching bor? She'r o'qi, kulsang kul, yig'lasang yig'la, Muallifi bilan nima ishing bor? So'rama bu she'rning muallifini, Uni sog'inch yozgan, uni vaqt yozgan. Kirib, sevaman deb aytishga qo'rqib, Eshiging tagida
  • Класс
Har ko'ngil so'z bilan obod bo'ladi, Sevgi ham roz bilan bunyod bo'ladi. Gar sovuq so'zlasang do'st-u yoringga, Bilib qo'y, bori ham barbod bo'ladi!
  • Класс
Quyoshdan mohtobga borayotirmiz, Sabohdan sahobga borayotirmiz. Yashamoq aslida azob chekmoqdir, Azobdan azobga borayotirmiz. Ulug' vayronadir odamzod ko'ngli, Biz o'shal xarobga borayotirmiz. Ba'zan umrimizni ko'p hisob aylab, Ko'p yolg'on hisobga borayotirmiz. Kimlardir savobga chog'lanib chiqqan, Kimlardir gunohga botayotirmiz. Barchamiz aslida eng buyuk savol, eng buyuk javobga borayotirmiz.
Boshginamga ag'nagan - katta tog'lar alvido, Men ketarman hasratlanib, ruhi sog'lar alvido. Bu dunyoning ishlariga navnihollar tebraning, Esliroq bog'boni yo'q - qoldi bog'lar, alvido!
Bolalik daryoga qo'shilib ketdi, Zaharga qo'shilgan mayi nob misol. O'zim ham bilmagan fasllar keldi, Gursillab ko'ksimga urildi shamol. Chorig'in sudraydi endi yodimiz, O'limga to'n bichar kimdir bemahal. Ostona ortida xotirotimiz, Va yolg'iz do'stimiz - Hazrati Ajal.
Bir kuni bir kursdoshim o'zining sevgi tarixini so'zlab berishni boshlab qoldi: e, men sizlarga aytsam, juda qattiq sevgandim. Hali ham sevaman. To'g'ri, bu oraliqda boshqalari ham bo'lib qoldi, adashib. Lekin, uni sevishdan zarracha ham to'xtamadim... U ham meni sevardi, sevadi ham hozirgacha. Chunki gaplaridan sezaman, u bilan birga, baxtli bo'lishni hohlayman... Bu gaplarni eshitib turgan boshqa kursdoshim qulog'imga shivirladi: buni shu turishida kim ham yoqtiribdi. Na bir husn bor, na bir qizlarni o'ziga tortadigan istara... Bu so'zni eshitib, g'alati ahvolga tushdim. Hijolat bo'ldim. Hayolimga bitta javob keldiyu, lekin aytib, uni noqulay ahvolga tushurishni hohlamadim... Haqiqatdan ha
Odamlarni sinash kerak emas. Qarindoshni, do'stni, sevganingni va boshqalarni ham. Chunki, ular baribir sinovingdan o'ta olmaydi va...bekorga ularni yo'qotganing yoki ulardan ko'nglingni qolgani qoladi. Shubha qilib, Yaratganni ham sinashni hayolingga ham keltirma. Chunki Sinovchi ham, sinaluvchining ham kim ekanligi aniq... Injilda ham, shaytonning vasvasiga javoban Iso (a.s.) Zaburdan Dovudning quyidagi xitobini keltirgan: Yaratgan Rabbingni sinama... Wunday ekan, sinovlardan voz keching. Hayotning o'zi sizga odamlarni saralab beradi.
Bizga hoyu hasham na hojat? Faqirlikdan ham g'am na hojat? Janda birla o'lsak mozorda - Dabdabali motam na hojat? B. Naqshbandiy
21.06.2013... Bu kunni eslasam, dod solgim kelaveradi. Dunyodan qo'l yuvgim, tarkidunyo qilish haqida o'ylab qolaman... Bolaligim esimga tushadi. Ko'cha changitib yurib-yurib, och qolgach, qayerga borish haqida o'ylab qolardim: uydagilar ishda. Va har doimgiday yagona yo'l - o'sha uyga kirardim... Mehribon jilmayish menga qarab: e, bots(to'ladan kelganim uchun shunday erkalanardim), keling, keling. Ovqat suziladi, yeyiladi, shirin choy ichiladi.(dasturxon atrofida ota, ona va 4 o'g'il. Hammasi meni choyimga shakar solib, aralashtirishimni kutib o'tiradi, keyin qoshiqcha bo'shagach, ular shu ishga kirishishadi... Qizig'i, hech qaysi biri qoshiqchani ber tezroq deb jerkimaydi, jimgina, jilmayi
  • Класс
Показать ещё