Qorong'u tun og'ushida,o'yga cho'mib uxladim,
Tushimda uyimizga,tuman odamlar ko'rdim.
Hovlida turar tobut,qizg'ish parda o'ralgan,
Uyimizning atrofida,odamlar ko'p yig'ilgan.
Ko'zim tushdi opamga,qo'llari osmon quchar,
Yonida singlim yana,onamlar faryod solar.
Tomog'imda qurib suv,bir dam yo'talib qoldim,
Orqamga o'girilsam,xassakashdir bir akam.
Yoniga borib asta,so'zlay desam tilim yo'q,
Nolam ichimga qaytib,gapirishga xolim yo'q.
Uy ichiga bo'yladim,ne bo'lganin bilolmay,
Oyog'im tortmay qoldi,ichkariga kirolmay.
Qo'l uzatib ushladim,eshikning bir chetini,
Tortilib uyga kirdim,tinchlatib yuragimni.
Uy ichida odamlar,tinmay duolar o'qir,
O'rtadagi xonada,odamlar gavjum