ko'z tikib,
Eng yorug' yuduzdan seni
so'raymen.
Ul yulduz uyalib boshini
bukib,
Aytadir men uni tushda
ko'ramen.
Tushumda ko'rganda
shunchalar Go'zal,
Oydanda go'zaldir kundanda
Go'zal!
Erta tong shamoli sochlarin
yoyib,
Yonimdan o'tganda so'rab
ko'ramen.
Aytadir bir ko'rib yo'limdan
ozib,
Tog'u toshlar ichra istab
yuramen.
Bir ko'rdim men uni
shunchalar Go'zal,
Oydanda go'zaldir kundanda
Go'zal!
Ul ketgach tong chiqar
yorug'lik sochib,
Undanda so'rayman sening
to'g'ringda.
Ulda uyatidan berkinib
qochib,
Aytadir bir ko'rdim
tushdamas o'ngda.
Men o'ngda ko'rganda
shunchalar Go'zal!
Oydanda go'zaldir kundanda
Go'zal!
Men nochor na bo'lib uni
suyibmen,
Uningchun yonibmen,yonib
kuyibmen.
Boshimni zo'r ishga berib
qo'yibmen,
Men suyib,men suyib kimni
suyibmen.
Men suygan suyukli
shunchalar Go'zal!
Oydanda go'zaldir kundanda
Go'zal!
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 8