O'z-ozimga savol berdim, nega, ne uchun. Men sizni avvalroq uchratmagandim. Nega hamroh bo'lmagansiz mening umrimda, Shu choqqacha qayerlarda edingiz Erkam. Yo men uchramadim sizning yo'llaringizda, Balki shuning uchun derlar: bu dunyo bir kam. Qaylarda edingiz? Sizni sokin kechalar, Ko'kka boqib yulduzlardan so'raganimda. Yoki bolaligim o'tgan eski ko'chalar, So'ginch bilan yo'lingizga qaraganimda. Qayerlarda edingiz, har bahorimda, Sizni quchoq to'la gullar bilan kutganim. Bevafo yomg'irlardan, sizni so'roqlab, Topib ber deb ko'kka qo'llarimni tutganim. Siz qaylarda edingiz yor-yor sadosi, Meni sizdan olislarga olib ketganda. Yuragimni tilkalagan, ko'zim yoshlari, Butun umr vaslingizni istab o'tganda...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев