Предыдущая публикация
Bu musaffo havodan olyapman nafas.
Men bahtliman, ko'rar ko'zlarim,
Quloqlarim eshitmoqda sas. Men bahtliman, qo'llarimda kuch,
Oyoqlarim so'ramas mador.
Qanchalar bahtliman, yana hayotda,
Eng yaqin, eng aziz insonlarim bor. Men bahtliman, hattoki hayot,
Goh-gohida sinovga solsa.
Chekinmayman ortimga, hatto,
Ruhim kurashmoqlikdan tolsa. O'kinmayman, ba'zida ma'yus,
Uzoqlarga qolsam tikilib.
Yashayman to'lib bahtga, chunki sen meni,
Joningdan ham ortiq ko'rishing bilib. Men bariga shukur qilaman,
Yolg'iz qo'ymasa bo'ldi bizni ollohim.
Armonlar o'tkinchi, asli hayotda,
Farzandlarim va sening borliging muhim...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев