Mening bir niyatim bor edi halos, BUXORIY Bobomni qilmoq ziyorat. Bordimu hayratning qoldim ostida, Bu qabr bir paytlar ediku g'arib. Bugun muxadisnin qabri ustida, Kimdir farzand so'rar unga yolvorib. Sal nari yuraman boshqa bir odam, Qabrga ko'z surtar hech ham hadiksiz. BUXORIY aniq bu holni ko'rgan dam, Uni (mushlik) deb atardi shaksiz. Biroz nariroqda cho'mib hayolga, Bir ayol qabrni aylardi tavoq. BUXORIY kim? o'zi degan savolga, Ular bera olarmi biror bir javob. Alam qildi menga alamki juda, Go'yo toza suvdan chiqqandek (shirklar). Endi BUXORIYni topganimizda, Uning qabri uzra avjida (shirklar). Uzoq manzillarga safar qiliblar, Nimadir ko'zimga ko'ringan bo'ldi. Bugun shu ishlarni qilayotgan ovom, BUXORIYni yurtdan quvg'inlar qildi. BUXORIYni sotgan shularmasmi deb, (Mushlik) qovumga bir tashladim nazar. Qabrni ziyorat qilishga kelib, Tashrifdan ilk bora qilgandim xazar. Yo RABBIY bu ne hol dedimu qaytdim, Ko'nglim ko'tarolmay qoldi bu hisni. Uyga keldimu so'ng qo'limga oldim, BUXORIY rivoyat qilgan hadisni. BUXORIY xaqixiy avliyo ekan, U zot PAYG'AMBARdan bo'lmishlar voyiz. Ziyoratni agar qast qilmoq bo'lsak, Faqat uchta joyga bormoqing joyiz. Muqaddas MAKKAyu MADINA hamda, QUDDUSdagi masjid ziyorat qilsang. Boshqa biron maskan biron bir o'lka, Qast qilib safarga arzimas bilsang. Mana shu hadisni o'qib ming diqqat, Izladim o'zimning holimga chora. Xatto BUXORIYning qabrni ziyorat, Qilmoq lozim ekan hadisga ko'ra. Bas endi har ishni hadisga solib, Hadis asosida hayot quramiz. OLLOX rozi bo'lsin Imom BUXORIY. Sizni OLLOX uchun yaxshi ko'ramiz..!
lahu.Va ashhadu anna Muhammadan abduhu va Rasuluhu>>deb aytsa,uoga jannatning sakkiz eshigi ochilur va u xoxlaganidan kirur>>
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев