bayram mavjud, Iyd Al-Fitr va Iyd Al-Adha.
Bayramlarning nishonlanishi xalqlar va
madaniyatlarga qarab, shuningdek, Islom
sektalari (Sunniylar va Shialar)ga ko`ra
turlicha bo`lishi mumkin. Musulmon bayramlari
qamariy taqvimga asoslangan bo`lib, shamsiy
taqvimga nisbatan har yili surilib boradi. Islom
taqvimida 12 oy va 354-355 kun bor. Sunniy
va Shia taqvimlari har doim ham bir-biriga
muvofiq kelmaydi. Ba'zan ayni bayram
shialarda nishonlanayotgan bo`lsa, sunniylarda
u boshqa kuni, odatda ketma-ket nishonlanishi
ham mumkin.
Hayit
Iyd al-Fitr
Iyd ( ﻋﻴﺪ) arabcha so`z bo`lib, o`zbek tilida
"bayram" , "hayit" degani va Fitr so`zi esa
ro`za tutish deganidir. Iyd al-Fitr ( ﻋﻴﺪ ﺍﻟﻔﻄﺮ )
yoki ro`za hayiti Ramazon oyining tugashi
bilan nishonlanadigan bayramdir. Ramazon
oyida musulmonlar tong otgandan kun
botguniga qadar ro`za tutadilar, ya'ni yeyish,
ichish va jinsiy aloqadan tiyiladilar. Ro`za
hayiti Ramazon oyining oxirgi kuni kun
botgandan so`ng boshlanadi. Ushbu bayram
O`zbekistonda ham musulmonlar tomonidan
keng nishonlanib, umumxalq bayrami sifatida
dam olish kuni deb e'lon qilingan.[1]
Iyd al-Adha
Iyd al-Adha ( ﻋﻴﺪ ﺍﻷﺿﺤﻰ ), yoki Qurbon hayiti , Iyd
a-Fitrdan taxminan 70 kun keyin nishonlanadi.
Ushbu bayram Ibrohim payg`ambarni sharafiga
nishonlanadi. Islomga ko`ra Ibrohim
payg`ambar Allohga sodiqligini ko`rsatish
uchun o`z o`g`lini qurbon qilishga ham tayyor
bo`lgan. Ushbu bayram an'anasiga ko`ra qo`y
yoki mol so`yilib, uning go`shti oila, do`stlar va
muhtojlarga ulashiladi. Hayit, shuningdek,
Makkaga hajj marosimini tugashiga to`g`ri
keladi. Qurbon hayiti ham ramazon hayiti
singari O`zbekistonda umumxalq bayrami deb
tan olingan va ushbu kun dam olish
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев