Meni jannatlarga yetaklang juftim,
Baxtimdan lol qolsin hatto hurlar ham.
Ikki dunyo seving, o'ksitmang ko'nglim,
Tahsin aytsin toki farishtalar ham.
Meni jannatlarga yetaklang juftim,
Namozim bo'lmasin dunyo deb qazo.
O'rgating Qur'onni, qabrim nurlansin,
Toki jahannamda olmayin jazo.
Menga jannatlarni anglating juftim,
Neki bo'lsa birga yengaylik doim.
Tik qotmasin, sajdaga egilsin jismim,
Sajdada turaylik oxiratda ham.
Meni jahannamdan asrang "Iymonim",
Toki qovrilmasin o'tda bu tanim.
Doim Alloh uchun seving bu qalbim,
Bizni Alloh suysin, shu meni baxtim.
Bizga jannatda ham tole yor bo'lsin,
Qolsin ortimizdan solih farzandlar.
O'rgating ularga namoz,Qur'onni,
Ohirat rahmati axir dilbandlar...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1