Ahdimga vafo deb yillarni kutdim,
Tushimga kirar deb tunlarni
kutdim, Bir faqat sen kelar
kunlarni kutdim, Sevgilim, sen
meni sog’inmadingmi?
Gohida yig’ladim yuragim
bo’shab, Sen kelar yo’llarga
ko’nglimni to’shab, Hech yo’qsa,
hech yo’qsa, o’zimga o’xshab,
Sevgilim, sen meni
sog’inmadingmi?
Qalbingga talpinib poyingda
o’ldim, Yuragim og’riydi, og’rinib
bo’ldim. Men seni, men seni
sog’inib bo’ldim, Sevgilim, sen
meni sog’inmadingmi?
Men tomon kelmoqqa jur'ating
qani? Sog’insam, ovunay
sur'ating qani? Aytgin, ey
muhabbat, qudrating qani?
Sevgilim, sen meni
sog’inmadingmi?
Qo’lingga tutganim guldayin
ko’ngil, Sevgidan so’zlasang,
quldayin ko’ngil, Bir bora
ko’ngilning