Yursam yölim adashar,
Kulsam dilim adashar,
Sözlab tilim adashar,
Baxtim eding bilmading,
Boshqami yo sevganing?
Qalbimni köp gashlama,
Sirli nigoh tashlama,
Girrom öyin boshlama,
Rostmi köngil uzganing,
Boshqami yo sevganing?
Oylar ötar yil ötar,
Javobing Akobir kutar,
Seni qanday unutar,
Köngil uyin buzganing,
Boshqami yo sevganing?