Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
So'ylamoqdan avval, o'ylash kerak sal, Bir chimdim gunohdan qo'rqib loaqal, O'zing Ahad Qayum bo'lib ko'r avval, Bekor yashamasdan, topib bekor vaqt, Meni eslabsizlar shunga ham rahmat...
Falonchi dushmaning deydi odamlar, Senga omad kelsa hasaddan yonar, O'rtani buzmanglar deyman har safar, Deyman do'stim menga qilmaydi hasad, Meni o'ylabsizlar shunga ham rahmat.
Ko'rishganda omad tilab qo'yarlar, Go'yoki boshimni silab qo'yarlar, Biz senga do'stmiz deb lekin ortimdan, Jimgina nomimni bulg'ab qo'yarlar. Sizni kechirganman, otmasman la'nat, Meni eslabsizlar shunga ham rahmat.
Quloqqa chalinar bazida mish-mish, Xato qilgan bo'lsam, nima bo'pti, xo'sh Shartmi bir tuyani qirq tuya qilish, Sizdan insof so'rab qolaman faqat, Meni eslabsizlar shunga ham rahmat.
Daryoman deb bir xil oqib bo'lmaydi, Hammaga bir xilda yoqib bo'lmaydi, Tun-u kun qora ter to'kib bo'lsa ham, Hammani ko'nglini olib bo'lmaydi, Sizda ham bizda ham har xil vaziyat, Sizda ham bizda ham har xil kayfiyat, Meni eslabsizlar shunga ham rahmat.
Orzuyim emasku faqat shon-shuhrat, Yoki soxta obro' yo soxta hurmat, Topganim halollik, bilganim mehnat, El ichra nomimni asrasangiz bas, Xalqimning ishonchi menga oliy baxt.