Ko'ngil bo'lib ochildingu kulmading,
Ko'ngil bo'lib bir ko'ngilda qolmading.
ILHoM chertgan jon hasratin bilmading,
Muhabatim faqat sensan Armonim.
Goh ming qotib yugurdimku izingdan,
Ketma dedim g'uncha yuzing ko'zimda.
Ha zor etding nomart turgan bazmda,
Muhabatim faqat sensan Armonim.
Seni eslab oqartirdim tunlarni,
Yodga oldim eng bahtiyor kunlarni.
Sen men qolib bahtli qilding kimlarni,
Muhabatim faqat sensan Armonim.
Suvday oqib o'tib borar hayotim,
Sog'inganda uchmoqqa yo'q qanotim.
Hamon sensan ham qo'shig'im bayotim.
Muhabatim faqat sensan Armonim.
Goh ming qotib yugurdimku izingdan,
Ketma dedim g'uncha yuzing ko'zimda.
Ha zor etding nomart turgan bazmda,
Muhabatim faqat sensan Armonim.
Ko'ngil bo'lib ochildingu kulmading,
Ko'ngil bo'lib bir ko'ngilda qolmading.
ILHoM chertgan jon hasratin bilmading,
Muhabatim faqat sensan Armonim.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2