Фильтр
Закреплено
535861341486
  • Класс
"Sog'indimmikin"

Bazan xayot juda ham sokin,
Ko'targaysan taqdirning yukin,
Olislarda yurgan chog'imda,
Kimlarnidur sog'indimmikin.

Mening asli farishtam bo'lgan,
Qadrimni ham shu inson bilgan,
Yo'qligimda yolg'izlab qolgan,
Onam sizni sog'indimmikin.

Goh talashib erkalab o'sgan,
Yomonlardan yo'limni to'sgan,
Yig'lab kulib qancha kun o'tgan,
Ukam seni sog'indimmikin.

Ancha yillar goho toldirib,
Bolalikni ortda qoldirib,
Qadring sezib o'zim oldirib,
Do'stim seni sog'indimmikin.

Mahallangiz mensiz huvillab,
Kutmoqdasiz bildirmay yig'lab,
Tushda ko'rib kunlari o'ylab,
Gulim sizni sog'indimmikin.

Qirlaringda ochilgan lola,
Yigit bo'ldi bag'ringda bola,
Sening uchun to'kmoqda jola,
Yurtim s
"Ayting Ona"

Xayot qonuningni o'qib ham bo'ldim,
Farzandman burchimni unutdim bildim,
Sizga bir savolim yashirmang mendan,
Ayting Ona farzand bo'lib men nima qildim.

Berganim shu sog'inch istirob,
Goh mag'rurman aslida xarob,
Sokin soydek osuda tindim,
Ayting Ona farzand bo'lib men nima qildim.

Betob bo'lsam mendayin kuygan,
Dunyolarga alishmay suygan,
Ulg'ayganda unutib qo'ygan,
Ayting Ona farzand bo'lib men nima qildim.

Yashirasiz ko'z yoshlaringiz,
Tog'dan baland bardoshlaringiz,
Yallo qilib beboshlaringiz,
Ayting Ona farzand bo'lib men nima qildim.

Axir jannat poyingizda,
Shukur qilay boringizga,
Nodon "shoir" o'g'lingizda,
Ayting Ona farzand bo'lib men nima qildim.

Besh kunli bu d
"Har yigitning dastiga bersin"


Ex dunyoning tashvishi qursin,
Obrö, mansab, shuhrati ölsin,
Mag'rur qaddin Tangrim egmagin,
Har yigitning dastiga bersin.

Hammada ham döst dushman bölar,
Davring kelsa g'animlar kuyar,
Yiqilsang gar osmonda ular,
Har yigitning dastiga bersin.

Xayot yöling bazan zimiston,
Nur bölmaydi unutma har on,
Yorug' kunlar kelgaydir ishon,
Har yigitning dastiga bersin.

Qölda moling davlating bormi,
Egilmas hech savlating bormi,
Ota-Onang döstim xayotmi,
Tangrim özi dastingga bersin.

Taslim bölma xayot öyniga,
Bardoshli böl jidab zöriga,
Degin mayli "Shukur" boriga,
Har yigitning dastiga bersin.

Oriyat bu ölimdan battar,
Mansab yöqmi no
"Yaxshi köraman"


Hayol emas röyo bölaman,
Osmon emas yerda yuraman,
Gulim sizdek men ham bir inson,
Sizni boringizcha yaxshi köraman.

Biroz sodda lekin qalbi pok,
Közi mayus dili ham g'amnok,
Men ham kimman oddiy bolaman,
Sizni boringizcha yaxshi köraman.

Kerak emas tillo zaringiz,
Iymonga boy bölsin qalbingiz,
Özim bölay yurak siringiz,
Sizni boringizcha yaxshi köraman.

Sizdan olis yuribman dilg'ash,
Topolmadim sizdayin dilkash,
Dardingizga hamroh bölaman,
Sizni boringizcha yaxshi köraman.

Moviy közim suvday zilolim,
Bir ötinchim tingla Xudoyim,
Shu qizni qil jufti halolim,
Sizni boringizcha yaxshi köraman.

Qor tagida qolgan yalpizim,
Siz özingiz sevgim y
"Ona Yurtim"


Chiroyliksan naqadar körkam,
Har qadaming chamazor köklam,
Vatan qadrin yiroqlab bildim,
Ona Yurtim bag'ring keng ekan.

Iforlaring özgacha sening,
Mehmondöstdir soddadir eling,
Fahrdaman diyorim mening,
Ona Yurtim bag'ring keng ekan.

Bolangdirman senga suyangan,
Yiqilganda özing tirgagan
"Kör" böladi seni bilmagan,
Ona Yurtim bag'ring keng ekan.

Uzoqlarda qadring sezildi,
Sog'inganda yurak ezildi,
Ög'ling mana ulg'ayib bildi,
Ona Yurtim bag'ring keng ekan.

Sendayin yurt aytgin qayda bor,
Qadamlarda gözal lolazor,
Yaratganga Shukurlar ming bor,
Ona Yurtim bag'ring keng ekan.

Köz tegmasin tinchsan yayrayman,
Bergan mexring ishon oqlayman,
And
"Gözal yor"

Qaylarda muhabbat böldi juda xor,
Pokiza yurakga samimiy ishq zor,
Doimo Shukrona qilib aytaman,
Tangrim özi uchratdiku sizni gözal yor.

Daryo böling qirg'oqlari özim bölay,
Chamanzorlar hohlaysizmi gulga öray,
Sizni quvnoq körish uchun men ne qilay,
Tangrim özi uchratdiku sizni gözal yor.

Shamol bölib sochingizni tözg'atay,
Quyoshdayin qalbingizni yoritay,
Taqdir bitib sizni zavjam deb atay,
Tangrim özi uchratdiku sizni gözal yor.

Duo qilib baxtimizni but qilaylik,
Xazon emas bahorlardek biz gullaylik,
Sof muhabbat karvoniga bosh bölaylik,
Tangrim özi uchratdiku sizni gözal yor.

Ortda qolsin endi gulim bedor tunlar,
Sog'nchlarda bezor bölib mahzun kun
"Ög'il bölaylik"

Bandamiz nolimay shukur qilaylik,
Qalqonim bor deb qadrin bilaylik,
Omonat dunyoda ey aziz döstim,
Otaga munosib ög'il bölaylik.

Kamolga yetkazib minnat qilmaydi,
Ertami kechmi tinim bilmaydi,
Tangridan biz uchun baxtni tilaydi,
Otaga munosib ög'il bölaylik.

G'ururi hamda tayanchi ham biz,
Kelajak quvonchi ishonchi ham biz,
"Közdagi yoshiga sababchi ham biz,"
Otaga munosib ög'il bölaylik.

Qaddini hamisha kötarib yursin,
Töyingizga bosh bölib duoda tursin,
Farzandlarin yana rohatin körsin,
Otaga munosib ög'il bölaylik.

Siz goho kelsangiz qöllarda sharof,
Otaning bu holdan ahvoli harob,
Desagar shivirlab "orzuyim" sarob,
Otaga munosib ög'il bölayl
"Yig'lagim keldi"


Olis olislardan shamollar yeldi,
Qalbimni yolg'izlik hanjari tildi,
Bilmadim bugun yana mahzunman,
Negadur Onajon yig'lagim keldi.

Yoz faslida muzladi yurak,
Quyosh chiqdi nursizday falak,
Aytgin dunyo senga ne kerak,
Negadur Onajon yig'lagim keldi.

Yana kimni bilmay ranjitdim,
Kimlarnidir kuldirib ötdim,
Özimnichi butkul unutdim,
Negadur Onajon yig'lagim keldi.


Ötmishga bir zum nazar solgandim,
Ajoyib yoshlikni yodga olgandim,
Shirin xotiradan öyga tolgandim,
Negadur Onajon yig'lagim keldi.

Mana ulg'ayibman endi sezyapman,
Xayot köchasidan özim ötyapman,
Atrofda kimsa yöq yana ketyapman,
Negadur Onajon yig'lagim keldi.

Bolalik chog'im
"Akam"


Xayot özi oliy bir hakam,
Tirik jon bor tugamaydi kam,
Shukur Tangrim yolg'iz qöymading,
Yonimda bor qadrdon Akam.

Yodimdadur bolalik chog'im,
Öynab ösgan ul gözal bog'im,
Hozir esa suyangan tog'im,
Yonimda bor qadrdon Akam.

Havas qilib yuraman doyim,
Sizni sevar qancha guloyim,
Panohingda asra Xudoyim,
Yonimda bor qadrdon Akam.

Yovlardan men sira qörqmasman,
Yoningizda arslon yölbarsman,
Bölmasangiz oddiy bir hasman,
Qöllab turing mexribon Akam.

Shodligimda quvnoq köraman,
Yiqilganda tirgak bilaman,
Yöq bölsangiz nima qilaman,
Yonimda bor qadrdon Akam.

Jigargösham yolg'iz qalqonim,
Erkalab der ONAM polvonim,
Siz özingiz yaqin insonim,
Shukur bor
Показать ещё