Ona
navjuvon edi. Bola g'or edi, bola
go'dak edi...
Kunlarning birida ona- bola
qishloqqa -uzoq
qarindoshlarinikiga boradigan
bo'lishdi. Ona
qaddini g'oz tutib, tez- tez yurib
borar, bola esa
alang-jalang qilib atrofdagi
manzaralarni tomosha
qilar edi. Qishloq guzarida yarmini
yashin uchirib
ketgan bahaybat chinor bor ekan.
Bola daraxtni
ko'rib angrayibqoldi: chinorning
tarvaqaylab
o'sgan shoxida supradek kattakon
uya qorayib
ko'rinar, uyada esa oyog'i, tumshug'i
uzun bir
qush turar edi. Bola mo'jiza
ko'rgandek taqqa
to'xtab qoldi.
- Anavi nima, oyi?- dedi o'sha
tomondan ko'z
uzmay.
-Laylak, o'g'lim, laylak!- ona o'g'lining
boshini
silab qo'ydi. - Yura qol, jonim. Bola
hech qachon
bunaqa qushni ko'rmagan edi. Qush
negadir bir
oyoqlab turardi. U yana to'xtab qoldi.
-Nima u, oyi? -dedi tag'in
chinor
uchiga ko'z tikib.
-Laylak, o'g'lim, laylak.
- Nimaga bir oyoqda turibdi? Ona
kuldi:
- Bir oyog'i charchagandir-da. Yura
qol, jonim.
Bola hech qachon bunaqa qushni
ko'rmagan edi.
Qush negadir bo'ynini cho'zib
tumshug'ini
osmonga qaratib silkitar, shunda
"tarak-tarak"
degan ovoz eshitilardi. Bola tag'in
to'xtab qoldi.
- Nima o'zi u, oyi?
Uning ko'zlarida quvonch bor edi.
Hayrat bor edi.
Ona shoshib turardi. Mingta yumushi
bor edi. Hali
shaharga qaytishi kerak.
-Laylak dedim-ku, jinnivoy,- deb
ohista egilib,
o'g'lining yuzidan o'pdi. - senga
salom beryapti-
da.
Ona yosh edi. Ona navjuvon edi.
... Oradan o'ttiz besh yil o'tdi. Bola
yigit bo'ldi.
Ona keksayib qoldi. Oyog'idan mador,
ko'zidan nur ketdi.
Kunlardan birida ona-bola ittifoqo
yana o'sha
qishloqqa borib qoldilar. Yigit
qaddini g'oz tutib
tez-tez yurib borar, ona esa toliqqan
oyoqlarini,
og'ir-og'ir ko'tarib bosgancha
harsillab kelardi.
Guzardagi yarmini yashin uchirib
ketgan chinor
hali ham bor ekan. Buni qarangki,
chinorning
tarvaqaylab o'sgan shoxida hamon
supradek
kattakon uya qorayib ko'rinar, uyada
esa oyog'i,
tumshug'i uzun laylak turardi. Yigit
laylakka bir
qarab qo'ydi- yu qadamini tezlatdi.
Orqada kelayotgan ona nursizlanib
qolgan
ko'zlarini chinorga, chinor shoxida
qorayib turgan
uyaga tikdi. Shoxda osilib turgan
narsa ko'ziga
g'alati ko'rindi.
- Anavi nima, o'g'lim? - dedi to'xtab. -
Laylak, oyi,
laylak!
Ona yaxshi eshitmadi. Uch-to'rt
qadam yurib yana
to'xtab qoldi. Savatdek narsa ichida
bir nima
oqarib ko'rinyapti. Qiziq...
-Nima, o'g'lim? - dedi ko'zlarini
pirpiratib. O'gil
taqqa to'xtadi. G'ashi keldi. O'zi
shoshib turibdi:
mingta ishi bor! Odam qariganidan
keyin ezma
bo'lib qolarkan-da! -Laylak! -dedi
jerkib. -Laylak
deyapman-ku, karmisiz!
Shunday dedi-yu, jahl bilan tez-tez
yurib ketdi.
Nachora, yigit yosh, yigit navqiron.
Uning yumushi
ko'p. hali shaharga qaytishi kerak...
Uning g'or,
go'dak bolalari bor...
muallif: O'tkir Hoshimov
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1