Предыдущая публикация
Hajringda to'kildim, yiqildim, sindim,
Sensiz o'tgan kunim quyoshsiz oysiz
YOMON SOG'INTIRDING, YOMON SOG'INDIM
Bir qadam orasi ming yillik yo'l
Ko'kdasan- qo'llarim yetmay, talpindim
Qalbim gulzorini egalladi cho'l
YOMON SOG'INTIRDING,...YOMON SOG'INDIM
Yuragim ohida tomchilaydi qon
Yaramga tuz sepib, dardda ovundim
Nechun anglamaysan, sen menga ishon
YOMON SOG'INTIRDING...YOMON SOG'INDIM
Yana yuragimi tildi o'sha dard
Yana sensizlikka chorasiz ko'ndim
Yana hayollaring etdi kishanband
YOMON SOG'INTIRDING...YOMON SOG'INDIM ...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев