Ig'vo hayollarni surgandan ko'ra.
Ustimdan kulibla yurgandan ko'ra.
Sizlar ham bittasin suymaysizlarmi.
Chin dildan sevishga qo'ymaysizlarmi.
Sizga agar aytmoq bo'lsam dardimni.
Tushunmaysiz ahir dilda ahdimni.
Mayliga siz agar mening shahdimni.
Pichoqda qiymalab so'ymaysizlarmi.
Chin dildan sevishga qo'ymaysizlarmi.
Hali achinasmi xasratimgaya.
Chang solmoq bo'lasiz g'ayratimgaya.
Shunchalar ochmisiz g'iybatimgaya.
Qancha ko'p qilmayin to'ymaysizlarmi.
Chin dildan sevishga qo'ymaysizlarmi.
Xajrda ado bo'lib yursam ham vasl sirab
Fig'onlar o'z nishin tursa ham tirab.
Ishqnin ko'chasida yursam tentirab.
Meni bir gadoyga yo'ymaysizlarmi.
Chin dildan sevishga qo'ymasizlarmi.
Xijron azobiga ko'ndi yuragim.
Gohi yog'ib goho tindi yuragim.
Ishq bolg'asi sabab sindi yuragim.
Sizlar uni yana o'ymaysizlarmi.
Chin dildan sevishga qo'ymaysizlarmi
Meni asir olsa sevgi degan xis.
Uning qoshida men cho'kib qolsam tiz.
Qo'lingizni menga ko'rsatib bigiz.
Gado deb ig'volar uymaysizlarmi.
Chin dildan sevishga qo'ymaysizlarmi.
Bir bora yonib siz yorning rawkida.
Qolibla alamlar g'amli awkida.
Hech bo'lmasa Alloh ishqida.
Yonib dardini hech tuymaysizlarmi.
Chin dildan sevishga qo'ymaysizlarmi.
Ishq neligin aytaymi sizga xo'ralar.
Hayotning taftidan pishmay g'o'ralar.
Do'stlaru ulfatlar yaqin jo'ralar.
Davronga ishq mayin quymaysizlarmi.
Chin dildan sevishga qo'ymaysizlarmi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев