Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Men bahorni kormasam kerak,
Qishdan chiqiw qiyin bolyapti.
Yiglayverar koksimda yurak,
Kozyowlarim yomgir bolyapti..
Stolimda qalam qog'ozlar
Kötarolmas dardimni yer ham.
Yarawmaydi endi pardozlar
Hunuklawwib ketgandek chehram..
O'lim soya solgan yuzimga,
Xazondan rang olyapman sekin.
Kerakmasman ózim ózimga,
Ox yawagim kelyapti lekin.
Ulgurmagan qancha iwim bor
Hayot ekan wirin bir ertak.
Bahorimdan oldin qiwim bor...
Men bahorni kórmasam kerak...
<<<nayson>>>