vaqtning har kanday fizik jarayon
uchun oʻrinli boʻlgan
xususiyatlari haqidagi hozirgi
zamon fizika taʼlimoti. A.
Eynshteyn yaratgan N. n. 2
kiyemdan: maxsus N.n. va
umumiy N.n.dan iborat boʻlib,
maxsus N. n. 1905 y.da , umumiy
N.n. 1916 y.da nihoyasiga
yetkazilgan.
Fazo va vaqt hakidagi
tushunchalar turli davrda turlicha
boʻlgan. Klassik fizikada vaktning
fazo bilan materiyaga hech
kanday dahli yoʻk. Fazo va vaqt
hakidagi klassik mexanika
taʼlimotini Galiley nisbiylik
prinsipi asosida matematik
ravishda ifodalash mumkin.
Fazoning anik nuktasida aniq
vaqtda roʻy beruvchi hodisani
voqea deyiladi. Mexanik hodisalar
barcha inersial sanoq
sistemalarda bir xil roʻy beradi,
demak, harakat tenglamasining
yozilish shakli barcha inersial
sanoq sistemalarda bir xildir. Bu
xususiyat Galiley
almashtirishlariga nisbatan
Nyuton harakat tenglamasining
invariantligi deyiladi. N.n.ga koʻra, fizik jarayonlarda
fazo va vaqt xususiyatlari uzaro
bogʻliqdir. Fazo va vaqtning
uzaro bogʻlanishi harakat
tufaylidir. Jism turli harakatda
ekan, fazo va vakt xususiyatlari
ham turlichadir. Maxsus N.n.
uchun 2 prinsip (asosiy qonun)
zamin hisoblanadi: birinchisi
nisbiylik prinsipi, ikkinchisi
yorugʻlik tezligining
doimiyligidir. Nisbiylik prinsipiga
asosan, fizik qonuniyatlarni ifo-
dalovchi matematik tenglamalar
bir xil koʻrinishga ega, yaʼni ular
turli inersial sanoq sitemalarga
nisbatan invariantdir. Ikkinchi
prinsipni quyidagicha ifodalash
mumkin: yorugʻlikning
boʻshliqdagi tezligi barcha
inersial sanoq sistemalarda bir xil
qiymatga ega boʻlib, yorugʻlik
manbaining harakatiga bogʻliq
emas.
Gravitatsiya, fazo va vaqt
haqidagi hozirgi zamon fizik
nazariyasi, asosan, A. Eynshteyn
tomonidan yaratildi va u u mumiy
N.n. nomini oldi. Umumiy
N.n.ning yaratilishida ekvivalentlik
prinsipi asos boʻlib xizmat qildi.
N.n.dan kelib chiquvchi xulosalar
juda koʻp tekshirishlar,
kuzatishlar va tajribalar asosida
tasdiklangan. Hozirgi kungacha
N.n.ning kamchiliklari
mavjudligini koʻrsatuvchi biror
dalil yoki tajriba natijalari maʼlum
emas.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев