Tovush – nutqning fonetik jihatidan bo’linmaydigan eng kichik birligi. Harf – nutq tovushlarining yozuvdagi shartli belgisi. Alifbo – harflarning qat’iy bir tartibda joylashgan yig’indisi.
Nutq tovushlarini hosil qilishda nutq a’zolari-tovush paychalari, lablar, til(faol) va o’pka, kekirdak, tishlar, og’iz bo’shlig’I, bo’g’iz ishtirok etadi.
Ovoz va shovqinning ishtirok etishiga ko’ra tovushlar 2 ga bo’linadi:
1. Unli tovushlar.
2. Undosh tovushlar
Unli tovushlar
O’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ida uchramay o’tadi. Faqat ovoz (un) dan hosil bo’ladi. Hozirgi o’zbek adabiy tilidaoltita unlitovush bor: I, e, a, o, u, y. tilning gorizantal harakatiga ko’ra :
1. old qator unlilar:i, e, a
2. orqa qator unlilar:o, u, o’
Og’iz ocholishiga ko’ra unlilar 3 ga bo’linadi
1. yuqori (tor) unlilar:i, u
2. o’rta (keng) unlilar:e, o’
3. quyi (keng) unlilar:a, o
Lablarning ishtirokiga ko’ra 2 ga bo’linadi:
1. lablangan unlilar:e, o’, o
2. lablanmagan unlilar:i, e, a
Undosh tovushlar
Bunda tovush og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchraydi. Shovqin va ovoz (un) dan hosil bo’ladi. Hozirgi o’zbek adabiy tilida 24 ta undosh tovush va 23 ta harf bor: b, d, f, g, h, j,(dj) k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g’, sh, ch
Undosh tovushlar quyidagicha o’rganiladi:
1. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra.
2. Hosil bo’lish usuliga ko’ra.
3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra.
Tovushlarning hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlar:
1. Portlovchi: b, d, g, k, p, q, t, g’
2. Sirg’aluvchi: f, h, j, s, v, x, y, z, g’, sh
Qorishiq: dj, ch. (portlovchi) Titroq: r (sirg’aluvchi) Burun tovushlari: m, n, ng. (portlovchi)
Yon tovushi: l (sirg’aluvchi)
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1