Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Suares ishi" 11 avgustdan uzoqqa cho'zilmaydi "Barselona" futbolchisiga aylangan Luis Suaresning yakuniy sud ishi yaqin vaqtlar ichida hal bo'ladi. Malumotlarga ko'ra, Lozannadagi sport arbitraj sudi o'z qarorini 11 avgustdan kechiktirmaydi. Eslatib o'tamiz, Luis Suares italiyalik futbolchi Jorjo Kellinini tishlab olgani uchun futboldan 4 oyga diskvalifikatsiya qilingan. Futbolchining advokatlari diskvalifikatsiya muddatini kamaytirish uchun apellyatsiya bergan. Manba: championat.com
Pedro: "Bravoning xatosi? Bu hammada bo'ladi" "Barselona" jamoasi hujumchisi Pedro Rodriges "Napoli"ga qarshi (1:0) uchrashuvdan so'ng o'z fikrini bildirdi. "Biz yaxshi o'ynadik, g'alaba qozonishimiz mumkin edi, ammo hujumda o'zgina mujassamlik yetishmadi. Bravoning xatosi? Bunaqasi hammada bo'lishi mumkin. Men uni ajoyib o'yin bilan tabriklayman",- deydi Pedro. Manba: twitter.com
Messi: "Yangi mavsumni sabrsizlik bilan kutaman" "Barselona" hujumchisi Lionel Messi yangi mavsumni sabrsizlik bilan kutayotganini aytib o'tdi. "Jamoadagi do'stlarimni yana ko'rib turganimdan hursandman. Bugun ta'tildan keyingi ilk mashg'ulotda qatnashdim. Yangi mavsumni sabrsizlik bilan kutaman",- deydi Leo Manba: twitter.com
Song va Afellay "Barselona"da o'ynamaydi "Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike futbolchilar Song va Afellaydan vos kechmoqchi. Agar ushbu futbolchilar boshqa jamoaga o'tishmasa yangi mavsumda Enrike ularni maydonga tushirmasligini tushintirdi. Song va Afellay jamoa bilan shug'ullanadi, ammo qaytnomaga kiritilmaydi. Manba: sports.ru
"Napoli"ga qarshi taxminiy tarkib "Napoli" - "Barselona" jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini oldidan "AS" nashri kataloniyaliklarning taxminiy tarkibini e'lon qildi. Bravo - Montoya Bartra Pike Grimaldo - Rakitich Buskets Rafinya - Pedro Munir Deulofeu Manba: twitter.com
Напишите, что Вы ищете, и мы постараемся это найти!
Левая колонка
О группе
Hush kelibsz!
http://barselona.asia/ saytimizga marxamat do'stlar orttring, Barselona haqidagi eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling va "Onlayn Fudbol Menejer" o'ynidan baxramand bo'ling.