Uning Oʻzi bu haqda shunday marhamat qiladi:
«Albatta Alloh moʻminlarga oʻzlaridan boʻlgan (ya'ni odam jinsidan boʻlgan), ularga Allohning oyatlarini tilovat qiladigan, (shirkdan va yomon axloqlardan) poklaydigan hamda ularga Kitob va hikmatni oʻrgatadigan paygʻambarni yuborish bilan yashilik qildi. Zero ular ilgari ochiq xato — zalolatda edilar» (Oli Imron: 164).
Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam ularni Allohning tavhidiga chorlash va ularni oʻz qoʻllari bilan yoqishgan va alangasida yonishga intilishayotgan bu jahannamdan qutqarish maqsadida keldilar. Ular ichida u zotning da'vatlaridan yuz oʻgirgan va kofirlik holida qolgan va quyidagi gaplarni aytganlar boʻldi:
« (Shuncha) xudolarni bitta xudo qilib olibdimi?! Haqiqatan bu juda qiziq narsa!»
I z o h. Makka mushriklari paygʻambar alayhis-salomning amakilari Abu Tolibning oldiga kelib «Muhammadga aytgin, bizlarning dinimizni ayblashni va xudolarimizni haqorat qilishni bas qilsin», deyishganida, ularning talablaridan xabardor boʻlgan hazrat: «U holda mening birgina soʻzimni qabul qilinglarki, sizlar u soʻz sharofatidan arabu ajamga podshoh boʻlursizlar», deydilar. Shunda mushriklar shodlanishib: «U qanday soʻz ekan-a? Agar aytganlaring rost boʻlsa, bir emas oʻn soʻzingni ham qabul qilamiz», deyishganida paygʻambar alayhis-salom aytadilar: «U soʻz — la ilaha illallohdir - ya'ni Hech qanday barhaq iloh yoʻq, magar yolgʻiz Allohgina haqdir», Ular bu soʻzni eshitishgach, dahshatga tushadilar va yuqoridagi oyati karimada mazkur boʻlgan soʻzlarni aytadilar va paygʻambar alayhis-salomning oldilaridan chiqib ketisharkan:
Ulardan kattalari (bir-birlariga shunday deya tarqalib) ketdilar: «Yuringlar va oʻz xudolaringizga (sigʻinishda) qanoat qilinglar (ya'ni ustivor boʻlinglar) ! Albatta bu (ya'ni «La ilaha illalloh» deyish bizlardan) istaladigan (talab qilinadigan juda katta) narsadir. Bizlar bu haqda (ya'ni Allohning yakkayu yagona ekanligi haqida) soʻnggi millat — dinda(gi odamlardan ham, ya'ni Islomdan avvalgi soʻnggi din boʻlmish Nasroniy dinidagi odamlardan ham) eshitgan emasmiz. Bu faqat bir uydirmadir, xolos» (Sod: 5-7).
Ushbu kofir guruh Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ashoblari boshiga fitnalar, ozorlar, azob-uqubatlar yogʻdirishga, da'vat yoʻliga toʻsiq va toʻgʻonoqlar qoʻyishga jon-jahdi bilan urindi.
Lekin, bularning hammasi iymon halovatini totgan moʻminlarga sabr, salobat va iymondan boshqa narsani ziyoda qilolmadi, hatto Allohning nusrati kelib, odamlar Allohning diniga guruh-guruh boʻlib kirdilar.
Ummat ancha davrgacha muvahhiddlar imomi va butun insoniyatning ustozi sollallohu alayhi va sallam unga kiydirib qoʻygan tavhid libosida yurdi. Keyin asta-asta uni fitnalar chulgʻay boshladi va ummat sekin-asta tavhid haqiqatidan uzoqlasha boshladi.
Shirk yana yangidan bosh koʻtardi, uning suratlari, koʻrinishlari, shakllari koʻpaydi, oʻzini musulmon sanaydigan juda koʻpchilik odamlar shirk botqogʻiga botib ketdilar.
Shirk bugungi kunda oʻsha dastlabki paytlardagi mushriklar qilganidek, toshlardan oʻz qoʻllari bilan yasab olgan butlariga sigʻinish suratidagina saqlanib qolgan emas. Balki, hozirda shirkning koʻrinishlari koʻpayib, e'tiqodda boʻlsin, ibodatda boʻlsin, qonunchilikda boʻlsin, Allohni qoʻyib, boshqalarga sigʻinish avj olgan.
Bular haqida birma-bir soʻz yuritishga vaqtimiz yetmaydi. Biroq, shu narsani bilish kifoyaki, bugun birgina Hindistonda 200 000 000 (ikki yuz million)dan ortiq sigʻiniladigan sigir mavjud!!
Nazrlar va qurbonliklar olib kelinadigan son-sanoqsiz mahobatli ibodatxonalar mavjud. Lekin, eng qizigʻi, bu ulkan ibodatxonalarda qaysi olihalarga sigʻinishlarini bilasizmi?! Sichqonlarga!! Ha.. Sichqonlarga sigʻinadilar!!
Bu esa biz muvahhidlar zimmasiga Alloh azza va jalla oldida juda katta mas'uliyatlar yuklaydi.
Xoʻsh, biz nima ish qilib qoʻydik?!
Qay darajada kuch sarfladik?!
Ma'lumki, odamlarga hukmlarni chiqarib qoʻyish bilan kifoyalanib, ularni Allohning tavhidiga da'vat qilishga harakat qilmaslik ummatning voqeligini oʻzgartira olmaydi.
Uchinchi: Shirkning turlari
Alloh yoʻlidagi doʻstlarim! Shirk ikki turga – katta va kichik shirkka boʻlinadi.
Katta shirkdan tavba qilinmasa, uni Alloh taolo aslo kechirmaydi.
Katta shirk – Alloh taolodan boshqani Unga teng koʻrish va uni xuddi Allohni yaxshi koʻrgandek yaxshi koʻrish va undan xuddi Allohdan qoʻrqqandek qoʻrqishdir. Bu tenglashtirish shirkidir. Alloh taolo doʻzaxda mushriklarning oʻz olihalariga qiladigan xitobini keltirgani kabi: «Alloh nomiga qasamki, albatta bizlar sizlarni (ey but va sanamlar!) barcha olamlarning Parvardigoriga tenglashtirgan paytimizda ochiq zalolatda boʻlgan ekanmiz» (Shu'aro: 97-98).
Ha, bu tenglashtirish muhabbat, ulugʻlash va ibodatda boʻlgandi!
Qolaversa, ular oʻsha olihalarini oʻzlari uchun qonunlar chiqarib beradigan parvardigorlar qilib olishgan, ularning qonunlarini va fikrlarini Allohning qonunlaridan koʻra koʻproq ulugʻlab, amal qilishgandi!
Shuning uchun ham Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: «Yo Rasululloh, qiyomat kuni sizning shafoatingiz ila eng saodatli boʻluvchi inson kim?», deb soʻraganida u zot: «Ey Abu Hurayra, sizning hadisga boʻlgan ishtiyoqingizni koʻrganligim uchun sizdan avval biror kishi bu hadis haqida mendan soʻramaydi, deb oʻylagan edim. Qiyomat kuni mening shafoatim ila eng saodatli boʻluvchi inson – sidqidildan, xolis: «La ilaha illalloh» deb aytgan kishidir», deb javob berganlar (Buxoriy: №99).
Ya'ni, bu hadislarida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam u zotning shafoatlariga erishishning eng katta sababi Alloh azza va jallaga tavhidni xolis qilish ekanini bayon qilib berdilar.
Anavi yolgʻon va soxta olihalar Alloh subhanahu va taolo huzurida mutlaqo shafoatchi boʻlolmaydlar.
Alloh taolo aytadi: «Uning huzurida hech kim
(birovni) Uning iznisiz oqlay olmaydi» (Baqara: 255).
Alloh taolo aytadi: «Ular (qiyomat qoyim boʻlgan kunda) faqat (Alloh) rozi boʻlgan kishilarnigina shafoat qilurlar – oqlay olurlar» (Anbiyo: 28).
Alloh taoloni faqat tavhidga dalolat qiluvchi soʻz va ishlargina rozi qiladi.
Alloh taolo aytadi: « (Ey Muhammad sollallohu alayhi va sallam, mushriklarga) ayting: «(Allohdan)
oʻzga (iloh) deb gumon qilgan kimsalaringizni chorlanglar! Ular sizlardan biron ziyonni arita olmaslar va (uni sizlardan boshqalarga) burib ham yubora olmaslar» (Isro: 56).
Kichik shirk:
Imom Ahmad va Tabaroniy rivoyat qilgan va Alboniy «Sahihul-jomi'»da sahih sanagan, Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilingan sahih hadisda Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam kichik shirkka shunday ta'rif berganlar:
«Men sizlar uchun eng qoʻrqadigan narsa bu kichik shirkdir», dedilar u zot. «Yo Rasululloh, kichik shirk nima?», deb soʻrashdi sahobalar. «U riyodir. Alloh taolo qiyomat kuni hammani qilgan amallari uchun hisob-kitob qilganda: «Boringlar riyo qilgan kishilaringizning oldiga, qaranglarchi, ularning xuzurida biron mukofot toparmikansizlar», deb aytadi» , deb javob berdilar (Ahmad, Tabaroniy «Al-kabir»da rivoyat qilgan va Alboniy «Sahihul-jomi'»da (№1505) sahih sanagan).
Riyo lugʻatda «koʻrmoq» ma'nosidagi «ar-ru'ya» soʻzidan olingan.
Shariat istilohida esa banda amallarini yolgʻiz Alloh azza va jalaning roziligini koʻzlamasdan qilishidir. Riyoning haddi – Alloh taologa ibodat boʻlgan amal bilan bandalarni iroda qilishdir.
Riyo amallarni bekorga chiqaradi. Chunki, Alloh taolo amallar ichidan faqat xolis va toʻgʻri boʻlganini qabul qiladi.
Xolis – u bilan faqat Alloh azza va jallaning roziligi qasd qilingan amaldir.
Toʻgʻri amal esa Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga muvofiq boʻlgan amaldir.
Alloh taolo aytadi: «Bas, kim Parvardigoriga roʻbaroʻ boʻlishidan umidvor boʻlsa, u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biron kimsani (unga) sherik qilmasin! (Ya'ni, qiladigan barcha amallarini yolgʻiz Alloh uchun qilsin) » (Kahf: 110).
Imom Muslim va boshqalar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Qiyomat kuni odamlar ichida eng avval hukm qilinadigani shahid qilingan kishi boʻladi. Uni olib kelinadi va Alloh unga oʻz ne'matlarini tanitadi, banda ularni tan oladi. Soʻng Alloh: «Ularning shukronasiga nima amal qilding?», deb soʻraydi. U banda: «To shahid boʻlgunimga qadar Sen uchun urishdim», deb javob beradi. Shunda Alloh: «Yolgʻon aytayapsan, aslida sen odamlar seni jasur-qoʻrqmas deyishlari uchun urishding va darhaqiqat, odamlar shunday ham deyishdi», deydi. Soʻng buyruq beriladi, uni doʻzaxga tashlash uchun yuztuban sudrab olib ketiladi. Keyin ilm oʻrgangan va uni oʻrgatgan, hamda Qur'on oʻqigan kishini olib kelinadi. Alloh unga ham oʻz ne'matlarini eslatadi. U banda ularni tan oladi. Soʻng Alloh: «Bularning shukronasiga nima amal qilding?», deb soʻraydi. Banda: «Sen uchun ilm oʻrgandim, uni boshqalarga oʻrgatdim va Qur'on oʻqidim», deb javob beradi. Alloh: «Aldayapsan, sen ilmni odamlar “olim” deyishlari uchun oʻrganding, Qur'onni esa odamlar “qori” deyishlari uchun oʻqiding, darhaqiqat odamlar shunday ham deyishdi», deydi. Soʻngra buyruq beriladi, uni doʻzaxga tashlash uchun yuztuban sudrab olib ketiladi. Shundan keyin Alloh unga rizqini keng qilib bergan, boylikning hamma turidan in'om qilgan kishini olib kelinadi. Alloh unga ham Oʻz ne'matlarini tanitadi. Banda ularni tan oladi. Soʻng Alloh: «Bularning shukronasiga sen nima amal qilding?», deb soʻraydi. «Mol-davlatni Sen xush koʻrgan biron yoʻlni qoldirmay, hammasiga Sen uchun sarf qildim», deydi u. «Yolgʻon aytayapsan, lekin sen bu ishni odamlar seni “saxiy” deb aytishlari uchun qilgansan, darhaqiqat odamlar shunday ham deyishdi», deydi Alloh. Soʻng buyruq beriladi, uni doʻzaxga uloqtirish uchun yuzi bilan yerga sudrab olib ketiladi» (Muslim: №1905, Termiziy: №2383, Nasoiy: 6/23, 24).
Va nihoyat, shirk haqidagi bu uzun hadis bilan dillariga qoʻrquv tushgan muvahhidlarga endi tavhidning va Alloh uchun xolis amal qilishning fazli haqidagi qalblariga rohat baxsh etadigan bir necha paygʻambarona bashoratlarni aytib oʻtish hikmatdan boʻlsa kerak:
Buxoriy va Muslim Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar:
ﻋَﻦْ ﻋُﺒَﺎﺩَﺓَ - ﺭﺿﻰ ﺍﻟﻠﻪ ﻋﻨﻪ - ﻋَﻦِ ﺍﻟﻨَّﺒِﻰِّ - ﺻﻠﻰ ﺍﻟﻠﻪ ﻋﻠﻴﻪ ﻭﺳﻠﻢ - ﻗَﺎﻝَ « ﻣَﻦْ ﺷَﻬِﺪَ ﺃَﻥْ ﻻَ ﺇِﻟَﻪَ ﺇِﻻَّ ﺍﻟﻠَّﻪُ ﻭَﺣْﺪَﻩُ ﻻَ ﺷَﺮِﻳﻚَ ﻟَﻪُ ، ﻭَﺃَﻥَّ ﻣُﺤَﻤَّﺪًﺍ ﻋَﺒْﺪُﻩُ ﻭَﺭَﺳُﻮﻟُﻪُ ، ﻭَﺃَﻥَّ ﻋِﻴﺴَﻰ ﻋَﺒْﺪُ ﺍﻟﻠَّﻪِ ﻭَﺭَﺳُﻮﻟُﻪُ ﻭَﻛَﻠِﻤَﺘُﻪُ ، ﺃَﻟْﻘَﺎﻫَﺎ ﺇِﻟَﻰ ﻣَﺮْﻳَﻢَ ، ﻭَﺭُﻭﺡٌ ﻣِﻨْﻪُ ، ﻭَﺍﻟْﺠَﻨَّﺔُ ﺣَﻖٌّ ﻭَﺍﻟﻨَّﺎﺭُ ﺣَﻖٌّ ، ﺃَﺩْﺧَﻠَﻪُ ﺍﻟﻠَّﻪُ ﺍﻟْﺠَﻨَّﺔَ ﻋَﻠَﻰ ﻣَﺎ ﻛَﺎﻥَ ﻣِﻦَ ﺍﻟْﻌَﻤَﻞِ » .
«Kim: «Bir Allohdan oʻzga barhaq ma'bud yoʻq, U yolgʻizdir, sherigi yoʻqdir, Muhammad Uning bandasi va rasulidir, Iyso ham Uning bandasi, rasuli, Maryamga tushirgan kalimasi va Uning tarafidan boʻlgan ruhdir, jannat haqdir, doʻzax haqdir» deb guvohlik bersa, Alloh uni nima ishlar qilgan boʻlsa ham, jannatga kiritadi» .
Bir rivoyatda: «Alloh uni jannatning sakkiz eshigidan oʻzi istaganidan kiritadi». (Buxoriy: №3435, Muslim: №29, Termiziy: №2640).
Itbon ibn Molik rivoyatida: «Kim «La ilaha illalloh» desa va bu bilan faqat Allohning Yuzini istagan boʻlsa, Alloh uni doʻzaxga harom qilgandir» .
ﻋَﻦْ ﻋَﺒْﺪِ ﺍﻟﻠَّﻪِ ﺑﻦ ﻋَﻤْﺮٍﻭ، ﻋَﻦْ ﺭَﺳُﻮﻝِ ﺍﻟﻠَّﻪِ ﺻَﻠَّﻰ ﺍﻟﻠَّﻪُ ﻋَﻠَﻴْﻪِ ﻭَﺳَﻠَّﻢَ ": ﺇِﻥَّ ﺍﻟﻠَّﻪَ ﺳَﻴُﺨَﻠِّﺺُ ﺭَﺟُﻼ ﻣِﻦْ ﺃُﻣَّﺘِﻲ ﻟَﻪُ ﺗِﺴْﻊٌ ﻭَﺗِﺴْﻌُﻮﻥَ ﺳِﺠِّﻼ ﻛُﻞُّ ﺳِﺠِﻞٍّ ﻣَﺪُّ ﺍﻟْﺒَﺼَﺮِ، ﻓَﻴَﻘُﻮﻝُ ﻟَﻪُ : ﺃَﺗُﻨْﻜِﺮُ ﻣِﻦْ ﻫَﺬَﺍ ﺷَﻴْﺌًﺎ؟ ﺃَﻇَﻠَﻤَﻚَ ﻛَﺘَﺒَﺘِﻲ ﺍﻟْﺤَﺎﻓِﻈُﻮﻥَ؟ ﻓَﻴَﻘُﻮﻝُ : ﻻ ﻳَﺎ ﺭَﺏِّ، ﻓَﻴَﻘُﻮﻝُ : ﺑَﻠَﻰ، ﺇِﻥَّ ﻟَﻚَ ﻋِﻨْﺪِﻱ ﺣَﺴَﻨَﺔً، ﻭَﺇِﻧَّﻪُ ﻻ ﻇُﻠْﻢَ ﻋَﻠَﻴْﻚَ ﺍﻟْﻴَﻮْﻡَ، ﻓَﻴُﺨْﺮِﺝُ ﻟَﻪُ ﺑِﻄَﺎﻗَﺔً، ﻓِﻴﻬَﺎ ﺃَﺷْﻬَﺪُ ﺃَﻥْ ﻻ ﺇِﻟَﻪَ ﺇِﻻ ﺍﻟﻠَّﻪُ، ﻭَﺃَﻥَّ ﻣُﺤَﻤَّﺪًﺍ ﻋَﺒْﺪُﻩُ ﻭﺭَﺳُﻮﻟُﻪُ ﻓَﻴَﻘُﻮﻝُ : ﺍﺣْﻀُﺮْ ﻭَﺯْﻧَﻚَ، ﻓَﻴَﻘُﻮﻝُ : ﻣَﺎ ﻫَﺬِﻩِ ﺍﻟْﺒِﻄَﺎﻗَﺔُ ﻣَﻊَ ﻫَﺬِﻩِ ﺍﻟﺴِّﺠِﻼﺕِ؟ ﻓَﺘَﺜْﻘُﻞُ ﺍﻟْﺒِﻄَﺎﻗَﺔُ، ﻭَﻻ ﻳَﺜْﻘُﻞُ ﻣَﻊَ ﺍﺳْﻢِ ﺍﻟﻠَّﻪِ ﺷَﻴْﺌًﺎ ."
Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: «Qiyomat kuni Alloh taolo ummatimdan bir kishini xalqlar orasidan ajratib oladi, uning toʻqson toʻqqizta kitobi ochiladi, har bir kitob koʻz ilgʻamas darajada ulkan boʻladi. Soʻng unga: «Shu
(kitoblarda yozilgan amallaring) dan birontasini inkor qilasanmi?! Mening amallarni yozuvchi farishtalarim senga zulm qilibdilarmi?!», deydi. Banda: «Yoʻq, ey Rabbim», deydi. «Biron uzring bormi?», deb soʻraydi. U: «Yoʻq, ey Rabbim», deydi. Shunda Alloh taolo: «Bilib qoʻy, huzurimizda sening bitta hasanang (savobli amaling) bor, bugun senga zulm qilinmaydi», deydi va bir bitoqani (ya'ni, bir parcha qogʻozni) chiqaradi, unda: «Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna muhammadan abduhu va rosuluh» deb yozilgan boʻladi. Soʻng: «Tarozingni hozirla», deydi. U: «Ey Rabbim, shuncha katta kitoblar oldida bu bitoqa nima boʻlardi?!», deydi. «Senga zulm qilinmaydi», deyiladi unga. Soʻng kitoblar bir pallaga, bitoqa ikkinchi pallaga qoʻyiladi, shunda kitoblar yengil kelib, bitoqa ogʻir keladi. Zero, Allohning ismi boʻlgan holda undan biron narsa ogʻir kelolmaydi» (Hokim rivoyat qilib, Muslimning shartiga koʻra sahih, degan, Zahabiy unga muvofiq kelgan, Termiziy (2/106, 107) rivoyat qilib, hasan, gʻarib hadis degan, Alboniy sahih sanagan).
Ma'lum boʻlganidek, bitoqaning tarozida ogʻir kelishi va togʻdek-togʻdek amal daftarlarini bosib ketishining yagona sababi xolis tavhid edi. Zotan, tavhidning bir zarrasini agar gunohlar togʻi ustiga qoʻyilsa, Allohning qudrati bilan ularni eritib, parchalab yuboradi. Chunki, tavhidning gunohlar tumanlari va bulutlarini parchalab tashlaydigan oʻtkir nuri bordir.
Muslim va Termiziy Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilgan sahih hadisda Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam aytganlar:
ﻋﻦ ﺃَﻧَﺲِ ﺑْﻦِ ﻣَﺎﻟِﻚٍ ﻗَﺎﻝَ ﺳَﻤِﻌْﺖُ ﺭَﺳُﻮﻝَ ﺍﻟﻠَّﻪِ -ﺻﻠﻰ ﺍﻟﻠﻪ ﻋﻠﻴﻪ ﻭﺳﻠﻢ - ﻳَﻘُﻮﻝُ « ﻗَﺎﻝَ ﺍﻟﻠَّﻪُ ﻳَﺎ ﺍﺑْﻦَ ﺁﺩَﻡَ ﺇِﻧَّﻚَ ﻣَﺎ ﺩَﻋَﻮْﺗَﻨِﻰ ﻭَﺭَﺟَﻮْﺗَﻨِﻰ ﻏَﻔَﺮْﺕُ ﻟَﻚَ ﻋَﻠَﻰ ﻣَﺎ ﻛَﺎﻥَ ﻓِﻴﻚَ ﻭَﻻَ ﺃُﺑَﺎﻟِﻰ ﻳَﺎ ﺍﺑْﻦَ ﺁﺩَﻡَ ﻟَﻮْ ﺑَﻠَﻐَﺖْ ﺫُﻧُﻮﺑُﻚَ ﻋَﻨَﺎﻥَ ﺍﻟﺴَّﻤَﺎﺀِ ﺛُﻢَّ ﺍﺳْﺘَﻐْﻔَﺮْﺗَﻨِﻰ ﻏَﻔَﺮْﺕُ ﻟَﻚَ ﻭَﻻَ ﺃُﺑَﺎﻟِﻰ ﻳَﺎ ﺍﺑْﻦَ ﺁﺩَﻡَ ﺇِﻧَّﻚَ ﻟَﻮْ ﺃَﺗَﻴْﺘَﻨِﻰ ﺑِﻘُﺮَﺍﺏِ ﺍﻷَﺭْﺽِ ﺧَﻄَﺎﻳَﺎ ﺛُﻢَّ ﻟَﻘِﻴﺘَﻨِﻰ ﻻَ ﺗُﺸْﺮِﻙُ ﺑِﻰ ﺷَﻴْﺌًﺎ ﻷَﺗَﻴْﺘُﻚَ ﺑِﻘُﺮَﺍﺑِﻬَﺎ ﻣَﻐْﻔِﺮَﺓً » .
«Alloh taboraka va taolo aytadi: Ey Odam farzandi, mudom Menga duo qilar ekansan va Mendan umid qilar ekansan, nima qilgan boʻlsang ham (qanday katta gunoh boʻlishidan) qat'iy nazar kechiraman. Ey Odam farzandi, agar gunohlaring osmondagi bulutlarga qadar yetib borsa va Mendan magʻfirat soʻrasang, (qanday katta gunohligidan) qat'iy nazar, magʻfirat qilaman. Ey Odam farzandi, agar Mening huzurimga yer yuzichalik gunohlar bilan kelsang-u, Menga hech narsani sherik qilmagan holda yoʻliqsang, Men senga yer yuzichalik magʻfirat bilan roʻbaroʻ boʻlaman» (Termiziy: №3534, Sahihul-jomi': №4338).
ﻋَﻦْ ﺃَﺑِﻰ ﻫُﺮَﻳْﺮَﺓَ ﻋَﻦِ ﺍﻟﻨَّﺒِﻰِّ - ﺻﻠﻰ ﺍﻟﻠﻪ ﻋﻠﻴﻪ ﻭﺳﻠﻢ - ﻓِﻴﻤَﺎ ﻳَﺤْﻜِﻰ ﻋَﻦْ ﺭَﺑِّﻪِ ﻋَﺰَّ ﻭَﺟَﻞَّ ﻗَﺎﻝَ « ﺃَﺫْﻧَﺐَ ﻋَﺒْﺪٌ ﺫَﻧْﺒًﺎ ﻓَﻘَﺎﻝَ ﺍﻟﻠَّﻬُﻢَّ ﺍﻏْﻔِﺮْ ﻟِﻰ ﺫَﻧْﺒِﻰ . ﻓَﻘَﺎﻝَ ﺗَﺒَﺎﺭَﻙَ ﻭَﺗَﻌَﺎﻟَﻰ ﺃَﺫْﻧَﺐَ ﻋَﺒْﺪِﻯ ﺫَﻧْﺒًﺎ ﻓَﻌَﻠِﻢَ ﺃَﻥَّ ﻟَﻪُ ﺭَﺑًّﺎ ﻳَﻐْﻔِﺮُ ﺍﻟﺬَّﻧْﺐَ ﻭَﻳَﺄْﺧُﺬُ ﺑِﺎﻟﺬَّﻧْﺐِ . ﺛُﻢَّ ﻋَﺎﺩَ ﻓَﺄَﺫْﻧَﺐَ ﻓَﻘَﺎﻝَ ﺃَﻯْ ﺭَﺏِّ ﺍﻏْﻔِﺮْ ﻟِﻰ ﺫَﻧْﺒِﻰ . ﻓَﻘَﺎﻝَ ﺗَﺒَﺎﺭَﻙَ ﻭَﺗَﻌَﺎﻟَﻰ ﻋَﺒْﺪِﻯ ﺃَﺫْﻧَﺐَ ﺫَﻧْﺒًﺎ ﻓَﻌَﻠِﻢَ ﺃَﻥَّ ﻟَﻪُ ﺭَﺑًّﺎ ﻳَﻐْﻔِﺮُ ﺍﻟﺬَّﻧْﺐَ ﻭَﻳَﺄْﺧُﺬُ ﺑِﺎﻟﺬَّﻧْﺐِ . ﺛُﻢَّ ﻋَﺎﺩَ ﻓَﺄَﺫْﻧَﺐَ ﻓَﻘَﺎﻝَ ﺃَﻯْ ﺭَﺏِّ ﺍﻏْﻔِﺮْ ﻟِﻰ ﺫَﻧْﺒِﻰ . ﻓَﻘَﺎﻝَ ﺗَﺒَﺎﺭَﻙَ ﻭَﺗَﻌَﺎﻟَﻰ ﺃَﺫْﻧَﺐَ ﻋَﺒْﺪِﻯ ﺫَﻧْﺒًﺎ ﻓَﻌَﻠِﻢَ ﺃَﻥَّ ﻟَﻪُ ﺭَﺑًّﺎ ﻳَﻐْﻔِﺮُ ﺍﻟﺬَّﻧْﺐَ ﻭَﻳَﺄْﺧُﺬُ ﺑِﺎﻟﺬَّﻧْﺐِ ﻭَﺍﻋْﻤَﻞْ ﻣَﺎ ﺷِﺌْﺖَ ﻓَﻘَﺪْ ﻏَﻔَﺮْﺕُ ﻟَﻚَ » . ﻗَﺎﻝَ ﻋَﺒْﺪُ ﺍﻷَﻋْﻠَﻰ ﻻَ ﺃَﺩْﺭِﻯ ﺃَﻗَﺎﻝَ ﻓِﻰ ﺍﻟﺜَّﺎﻟِﺜَﺔِ ﺃَﻭِ ﺍﻟﺮَّﺍﺑِﻌَﺔِ « ﺍﻋْﻤَﻞْ ﻣَﺎ ﺷِﺌْﺖَ » . ﻣﺘﻔﻖ ﻋﻠﻴﻪ
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Parvardigor taboraka va taolodan hikoya qilib aytadilar: «Banda gunoh qilib, soʻng «Parvardigoro, men gunoh qilib qoʻydim. Oʻzing magʻfirat qilgin!», deb aytsa, Alloh taolo: «Bandam gunoh qildi, soʻng gunohini kechiradigan va gunoh sababli ushlaydigan-jazolaydigan Parvardigori borligini bildi», deydi. Soʻng banda yana bir gunoh qilib: «Parvardigoro, mening gunohimni magʻfirat qilgin!», deb aytsa, Alloh taolo: «Bandam gunoh qildi, soʻng gunohini kechiradigan va gunoh sababli ushlaydigan-jazolaydigan Parvardigori borligini bildi», deydi. Soʻng banda yana bir gunoh qilib: «Parvardigoro, men gunoh qilib qoʻydim. Oʻzing magʻfirat qilgin!», deb aytsa, Alloh taolo: «Bandam gunoh qildi, soʻng gunohini kechiradigan va gunoh sababli ushlaydigan-jazolaydigan Parvardigori borligini bildi. Men bandamni magʻfirat etdim. Istaganingni qil, Men seni kechirdim», deydi» (Buxoriy: №7507, Muslim: №2758).
Alloh taolo biluvchiroqdir. Alloh Paygʻambarimizga va u zotning ahlu ashobiga salovotu salomlar yoʻllasin.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев