4-qism...
Erga ham chiqmadim, dedingmi boya?
— Ha, taqsir.
— Nima uchun? Shunchalik husni latofating bo‘latu-rib-a?
— Jur’at qilolmadim, taqsir.
— Nega jur’at qilolmadim, deysan? Nima deganing bu?
— Nimasini ham aytay endi? Balki yodingizdadir, axir sizni qanchalar yaxshi ko‘rardim...
Musofir bu so‘zlardan behad mutaassir bo‘ldi, azbaroyi qizarib ketganidan ko‘zlariga yosh qalqdi, so‘ngra qovoq uyib, yana xona bo‘ylab nari-beri odim-lay boshladi.
— Hamma narsa o‘tkinchidir, azizim,— deya g‘udrandi u.— Muhabbat, yoshlik — hamma-hammasi foniydir. Nima bo‘lgan bo‘lsa, o‘tdi-ketdi. Hammasi dahmazayu bemazagarchilikdan iborat. Vaqti xelib, bari unutiladi. Iovning muqaddas kitobida bu xususda nima deyilgan, bilasanmi? «Oqib ketgan suvlar yanglig‘ xotirlagaysan».
— Nima bo‘lsayam, peshonada bori bo‘larkan, Nikolay Alekseevich. Yoshlik-ku, hech kimsaga vafo qilmaydi, ammo muhabbat — boshqa narsa.
Nikolay Alekseevich boshini xiyol ko‘tarib, yurishdan to‘xtadi-da, hasratli kulimsirab qo‘ydi:
— Sen meni bir umr sevolmasding-ku, axir!
— Yo‘q, sevishim mumkin edi; o‘shandan buyon qancha yillar o‘tdi, ammo men yolg‘iz muhabbatim bilan yashadim. Sizning avvalgiday emasligingizni, oramizda neki o‘tgan bo‘lsa, barini unutmog‘ingiz mumkinligini, bu bilan hech narsa yo‘qotmasligingizni ham bilardim... Lekin, hozir... Endi gina-kudurat qilib o‘tirishdan hech qanday naf yo‘q, albatta; ammo, to‘g‘risini aytganda, o‘shanda siz meni juda shafqatsizlarcha tashlab ketgan edingiz — mana shuning uchun ham o‘zimni o‘zim bir necha bor o‘ldirmoqchi bo‘lganman, sizni deb chekkan azoblarimni aytib ado qilib bo‘lmaydi. Nikolay Alekseevich, yodingizdami, qanday davrlar ediki, o‘shanda sizni Nikolenka deb chaqirardim, siz esa meni, eslaysizmi, nima deb atardingiz? Aytganday, mendan lutfingizni darig‘ tutmay, qandaydir «Xilvat xiyobonlar» to‘g‘risidagi she’rlarni o‘qisam ham indamas edingiz,— deya noxush jilmaygancha qo‘shib qo‘ydi ayol.
— Eh-he, sen haqiqatan ham ajoyib eding!— dedi mehmon armon bilan bosh chayqarkan.— Qanday jozibador, qanday dilovar eding-a! Ko‘zlaring yonib turardi, juda xushqomat eding. Esingdami, seni ko‘rganda hamma ortingdan nihoyasiz hayrat bilan termilib qolardi..
Davomi bor...
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев