Garchi hech kimsaga yöqdir keragim, Garchi qalbim ezar ming bitta sitam. Urishdan töxtama xasta yuragim, Axir, yashashimga arziydi onam. Paymonam töldirsa biror bir nomard, Vujudim tilkalab, örtasa ham dard. Faqat onam uchun yashamog'im shart, Axir, yashashimga arziydi onam. Sochimdan tirnog'im qadar qarzim bor, Har bitta ozorimga mingta arzim bor, Tangrim, chorlamagin senga arzim bor, Axir, yashashimga arziydi onam. Tashlab ketmog'imga dunyo arzimas.!