qilish va dam olish tartibi
haqida...!!!
To’gri tashkil etilgan mehnat
sog’lom homilador ayol uchun
foydalidir. O’zbekiston
Respublikasida ishlab
chiqarishda va muassasalarda
homilador ayollar mehnati qonun
bilan himoya qilinadi. Kasbiga,
ish joyining gigiyina sharoitiga,
homilador ayol sog’lig’i va
homiladorlikning kechishiga
qarab ularning ish joylarida bir
qancha imkoniyatlar, huquq va
imtiyozlar berib qo’yilgan. Uy
sharoitida ham o’zini ortiqcha
toliqtirmaslik darajasida vaqtida
dam olib, vaqtida uxlash, uy
yumushlarini osoyishta bajarish
lozim. Shu bilan birga ko’p o’tirish
va yotish ham zararlidir. Bunda
ayol semirib ketishi, qabziyatdan
qiynalishi mumkin. Muskul
to’qimalarining bo’shashib
qolishi esa tug’riq faoliyatiga
zararli ta’sir etadi.
Zo’riqtirmaydigan xo’jalik
ishlarini bajaraverish, kitob
o’qish, musiqa bilan shug’ullanish
mumkin. Homiladorlik paytida
keskin harakatlar qilish, og’ir
narsa ko’tarish, oyoq mashinada
tikish, velosiped va otda yurish,
sportning toliqtiradigan turlari
bilan shug’ullanish mumkin emas.
Salga oyoq venalari varikoz
kengayaveradigan ayollar tik
zinadan hadeb
ko’tarilavermasligi, bir joyda
uzoq turib qolmasligi kerak. Aqliy
jihatdan toliqtiradigan, uyqudan
qoldiradigan ishlar ham zararlidir.
Homilador ayolning mehnat
qilishi va dam olishi uchun tinch
va soglom sharoit yaratish, uni
turli tashvish va
hayajonlanishdan, shoshilib
harakat qilishdan, asabni
buzadigan har qanday ishlardan
iloji boricha asrash lozim.
Homilador ayol kundalik
ishlardan so’ng dam olishi va
orada 1 soatcha uxlashi zarur,
shundan keyingina uy ishlari
bilan shug’ullansa bo’ladi.
Homilador ayol o’tirgan uyda
mutlaqo chekish mumkin emas.
Homilador ayol salomatligi uchun
tungi uyquning ahamiyati katta,
chunki shu paytda organzm
tiniqib yaxshi dam oladi. Tungi
uyqu 8-9 soatdan kam
bo’lmasligi kerak. Yetarlicha
uxlamaslik asabiylashishga, tez
charchab qolishga olib keladi,
asab tizimi zaiflashib, qo’zg’alish
va tormozlanish jarayonlarining
nisbati buziladi, bu esa ko’pgina
homiladorlik asoratlarining avj
olishiga sabab bo’ladi. Tungi
uyqudan tashqari homilador ayol
tug’ruqqacha ta’tilda bo’lsa,
kunduzi 20-30 daqiqa yotib
uxlashi zarur. Tungi uyqu kech
soat 22 dan ertalab soat 6 gacha
bo’lgani ma’qul. Har kuni bir xil
vaqtda yotilsa, uyqu tinch
bo’ladi. Keng va qulay joyda,
uncha yumshoq bo’lmagan
o’rinda o’ng yonboshga
o’girilgan holda yotish kerak.
Uyqu oldidan toza havoda
bo’lish, xonani shamollatish va
darcha (issiq kunlarda deraza)
ochiq holda uxlash foydalidir.
Uyqu oldidan o’qish yoki biror
bir jiddiy ish bilan
shugullanmaslik kerak.
Homilador ayol o’zi uchun ham,
tobora rivojlanib borayotgan
homilasi uchun ham kislorod
zarurligini doimo yodda tutishi
zarur. Toza havo ona va bola
salomatligining zaruriy shartidir.
Shu bois har kuni 2-3 soatni toza
havoda o’tkazish kerak. Yozda
etalabki soat 8 dan 10 gacha,
qishda esa soat 10 dan 13 gacha
muddatda sayr qilish maqsadga
muvofiqdir – bu davrda sochma
ultra binafsha nurlari eng ko’p
miqdorda bo’ladi. Sayr qilish bir
soatdan kam bo’lmasligi kerak.
Ishga boradigan yo’l qisqa bo’lsa
butunlay, agar uzoq bo’lsa, uning
bir qismida yayov yurib borish
foydalidir. Kechki ovqatdan
keyin ham toza havoda sayr
etish kerak. Bu tetiklik va yaxshi
kayfiyat baxsh etadi. Biror
masofani piyoda bosib
o’tilgandan so’ng charchoq
sezilsa, o’tirib dam olish kerak.
Sayr chog’ida burundan chuqur-
chuqur nafas olib shoshilmay
yurish, sayrdan so’ng bir ozgina
yotib dam olish lozim,
homiladorlik oxirida transportda
uzoq yo’lga yurish yaramaydi,
aks holda yo’lda dard tutib
qolishi mumkin, bu esa ona va
bola uchun ham havf tug’diradi.
Homilador ayol bemor
kishilardan o’zini uzoqroq tutib
yurishi kerak, chunki biror
kasallik yuqsa homiladorlikni
kechishini murakkablashtirishi
mumkin. Homiladorlikda har
qanday kasallik o’z vaqtida
davolanishi kerak. Tug’shga oz
qolganda teatr, kino kabi jamoat
joylariga va yig’inlarga borish
tavsiya etilmaydi...!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 9