Homiladorlik davrida ayollarning
jinisy aloqaga bo'lgan
munosabati o'zgarishi mumkin.
Bunga organizmda bo'layotgan
keskin gormonal o'zgarishlar
sabab bo'ladi. Ba'zi er-xotinlar
homiladorlik davrida homilaga
ziyon yetkazib qo'yishdan
qo'rqib jinsiy aloqadan umuman
voz kechadilar. Aslida homila
tashqi muhit zarbalaridan
bachadon ichidan yaxshi
himoyalangan bo'ladi. Shuning
uchun homiladorlik hech qanday
muammosiz kechayotgan bo'lsa,
jinsiy aloqadan voz kechish shart
emas. Faqatgina ehtiyotkorlik va
mayinlik talab etiladi xolos. Ba'zi
ayollarda toksikoz alomatlari
kuchli bo'lib jinsiy aloqaga nafrat
bilan qaraydigan bo'lib qoladilar.
Shunda er ayolining holatini
tushunib, sabrli bo'lishi kerak
bo'ladi. Agar aksincha, homilador
ayolning aloqaga ehtiyoji katta
bo'lsa, uni qondirish maqsadga
muvofiq bo'ladi. Eng asosiysi
ayolni bunga o'z xohishi bilan
yondashishidir. Chunki homilador
ayolni jinsiy aloqaga majburlash
mumkin emas. Homiladorlik
davrida quyidagi hollarda jinsiy
aloqa qilish man etiladi:
Homilaning tushish xavfi bo'lsa;
Homiladorlik davri muammolar
bilan o'tayotgan bo'lsa;
Homiladorlikning dastlabki 3
oyida qon ajralmalar namoyon
bo'layotgan bo'lsa; Ayolning
jinsiy aloqaga kirishish istagi
bo'lmasa; Homilaga yoki qoringa
og'rilik tushadigan holda aloqa
qilinsa; Homilador ayolning eri
jinsiy infeksion kasallik bilan
kasallangan bo'lsa; Homilaning
muddatidan oldin tug'ilib qolish
havfi bo'lsa; Shifokor ma'lum
sabablarga ko'ra aloqa qilishni
man qilib qo'ygan bo'lsa. Eng
asosiysi homiladorlik tabiiy holat
ekanligi haqida unutmaslik lozim.
Agar ayol o'zini yaxshi
his etib, eri bilan birga bo'lishni
istab, homiladorlik davri
muammosiz kechayotgan bo'lsa,
jinsiy hayotni oldindagidek
davom ettirish mumkin. Faqat
aloqa holati qoringa va homilaga
zarar yetkazmaydigan bo'lishi
darkor.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 27